Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Xavi: "Barselona" samaraliroq o‘ynashi kerak"

Xavi: "Barselona" samaraliroq o‘ynashi kerak"

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi La Liganing 4-turi doirasidagi "Osasuna" ustidan qozonilgan g‘alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.

"Raqib himoyada ajoyib harakat qildi. To‘pni nazorat qilganimizda yetarlicha vaziyatlar yarata olmadik. Lekin biz hamma uchun qiyin bo‘ladigan stadionda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik.

Biz samaraliroq o‘ynashimiz kerak. Ikkinchi bo‘limda to‘p bilan yaxshiroq ishlashimiz kerak edi, shu jihatni mashq qilyapmiz. Yakkama-yakka o‘ynamadik, qanotlarda yetarlicha vaziyatlar yarata olmadik.

G‘alabadan ko‘nglim to‘ldi, lekin oldinga qadam tashlashim kerak. "Kadis"ga qarshi ham muammolarimiz bor edi. Misol tariqasida "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limida maydon o‘rtasini kesib o‘tishga yo‘l qo‘ymadik.

12 ochkodan 10 ochko - bu yaxshi natija", — dedi Xavi Mundo Deportivo bilan suhbatda.

Kiritildi: 09:58, 04.09.2023.
O'qildi: 1754 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик