Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

«Muhim ochkolarni yo‘qotdik». Abramov «Loko» bilan durang va Superliga yo‘llanmasi uchun kurash haqida

«Muhim ochkolarni yo‘qotdik». Abramov «Loko» bilan durang va Superliga yo‘llanmasi uchun kurash haqida

Baho:
+ | -

Pro liga 16-turining markaziy o‘yini – «Dinamo» va «Lokomotiv» (0:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin Vadim Abramov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Kutganimizdek qiyin o‘yin bo‘ldi. Ikkita tengkuchli jamoa o‘yiniga guvoh bo‘ldik. «Dinamo» uyida o‘ynadi, muxlislarimiz qarshisida g‘alaba qozonmoqchi edik, ammo durang qayd etildi. Ikki jamoada ham vaziyatlar bo‘ldi, darvozabonimiz muhim pallalarda qutqardi. Hisob o‘yinga yarasha bo‘ldi.

- Bu o‘yindan birgina taskin – mag‘lubiyatsiz seriyaning davom etgani bo‘ldi...
- Mag‘lubiyatsiz seriyamiz 22ta o‘yinga yetgani yoki «Loko» bu mavsum 3-o‘yinda ham bizni mag‘lub eta olmagani bu qanchalik quvonarli bilmayman, ammo shunaqa seriyamizga qaramay turnir jadvalida raqobatchilardan o‘zib keta olmaganimiz, aksincha ulardan biroz ortda ekanimiz men uchun g‘alati. O‘yin natijasidan qoniqmadim, muhim ochkolarni yo‘qotdik. 4 kun oldin kubok doirasida o‘ynaganimiz bois, bizga bugun yangi kuch yetishmadi.

- «Dinamo» 3-o‘ringa tushdi, Superliga yo‘llanmasi uchun imkoniyatni qanday baholaysiz?
- 2-o‘rinda bo‘lgan paytimiz imkoniyatimiz qanday bo‘lsa, hozir ham shunday. Hammasi oldinda. Oldinda 5ta tur va 3 oy vaqt bor.

- Shu hafta oxirida esa «Aral»ga qarshi Nukusda qiyin safar o‘yini bor...
- Ha, 10 sentyabr kuni navbatdagi uchrashuvni o‘tkazamiz. Ustiga-ustak bu bahsda Qirg‘iziston milliy jamoasiga yo‘l oladigan hujumchimiz (Kojo Joel) bo‘lmaydi. Har qanday holatda ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz shart.

- Kubokni yutish yoki Superligaga yo‘llanma olish. Qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz?
- Ikkisini ham tanlagan bo‘lardim. Ammo nima bo‘lishi faqat Yaratganga ayon. Birinchi vazifamiz Superligaga qaytish. Kubokda esa qo‘ldan kelgancha intilamiz.

- Kubok o‘yinlari jamoaning Pro ligadagi natijalariga qanday ta’sir qilmoqda?
- Avgustning o‘zida ketma-ket o‘yinlar o‘tkazib, yuklamani his qildik. Keyingi turni 10 sentyabrda o‘tkazishimizni bilamiz, ammo undan keyingi taqvimni bilmaymiz. Kubok yarimfinali qur’asi o‘tdi, raqibni bilamiz, ammo ularga qarshi qachon o‘ynaymiz buni ham bilmaymiz. Mana shunday qiyinchiliklarga ham duch kelyapmiz.

Hozirgi vaziyatimizda bizdan talab qilinadigani yanada yaxshiroq ishlab, maydonga chiqib yutish. Yigitlarga o‘yin uchun rahmat. Bugun ikki ochko yo‘qotdik. Alamlisi, avvalgi turlarda turnir jadvalining ikkinchi qismidagi klublar bilan bahslarda ochkolarni yo‘qotganimiz bo‘ldi.

Manba: "Динамо" матбуот хизмати
Kiritildi: 22:49, 04.09.2023.
O'qildi: 1733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик