"Barselona"ning yosh iqtidorli vingeri Lamin Yamal kuzning so‘nggida Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga bormaydi.
Marca xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar va Ispaniya futbol federasiyasi kelishuvga erishdi. Lamin 10 noyabrdan 2 dekabrgacha bo‘lib o‘tadigan U-17 jahon chempionatida ishtirok etmaydi.
Avvalroq 16 yoshli hujumchi Ispaniya termasiga chaqirilgan eng yosh futbolchiga aylangandi.