Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Ronaldu 20 yilda ilk bor "Oltin to‘p"ga da’vogarlar 20 taligiga kirmadi

Ronaldu 20 yilda ilk bor "Oltin to‘p"ga da’vogarlar 20 taligiga kirmadi

Baho:
+ | -

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2023 yilgi “Oltin to‘p” sovrini uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmagan.

Portugaliyalik 20 yil ichida birinchi marta sovrin uchun da’vogarlar qatoridan o‘rin olmadi. Hujumchi oxirgi marta nomzodlar qatorida 2003 yilda bo‘lmagan, o‘shanda u 18 yoshda bo‘lgan va o‘zining "Manchester Yunayted"dagi ilk mavsumini o‘tkazgan.

Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida besh marta (2008, 2013, 2014, 2016, 2017) “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallab turibdi, bu sovrinni ko‘proq olgan yagona - Lionel Messi (7 marta). Argentinalik futbolchi 2023 yilda nomzodlar ro‘yxatida bor va sovrin uchun asosiy da’vogarlardan biri sanaladi.

"Oltin to‘p" 1956 yildan beri berilib kelinmoqda. 2023 yilgi mukofot 30 oktyabr kuni Parijda (Fransiya) topshiriladi.

Kiritildi: 03:47, 07.09.2023.
O'qildi: 971 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик