Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Kepa "Real"da Kurtuaga o‘rinbosar bo‘lib qolishga tayyor

Kepa "Real"da Kurtuaga o‘rinbosar bo‘lib qolishga tayyor

Baho:
+ | -

"Real" darvozaboni Kepa Arrisabalaga kelajagi haqida gapirdi.

"Qaymoqranglilar" "Chelsi"dan 28 yoshli darvozabonni bahorgacha safdan chiqqan Tibo Kurtua o‘rniga favqulodda ijaraga oldi.

Jurnalistlar ispaniyalik futbolchidan Kurtua jarohatini davolagandan keyin “birinchi raqam” maqomiga qaytsa, “Real”da qolishga tayyormi yoki yo‘qligini so‘rashdi: “Bu yerda bor-yo‘g‘i ikki hafta o‘tkazdim, ammo aytishim mumkinki, qolishdan xursand bo‘lardim. Mavsum tugashiga hali ko‘p vaqt bor, ko‘ramiz. Men har doim kurashishga va yaxshilanishga tayyorman”, dedi Kepa.

"Real" safidagi dastlabki ikki o‘yinda Kepa bitta gol o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 03:56, 07.09.2023.
O'qildi: 916 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик