Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Zlatandan - Koutinyogacha: "Barselona"ning 7 ta eng qimmat transferi

Zlatandan - Koutinyogacha: "Barselona"ning 7 ta eng qimmat transferi

Baho:
+ | -

"Barselona" dunyoning eng yaxshi iqtidorlarini o‘ziga jalb qiladi, klubning transfer bozorida g‘alabalari ham, muvaffaqiyatsizliklari ham bor.

Ba’zi kelishuvlar ajoyib bo‘lsa-da, boshqalari umidsizlikka uchrashi mumkin. Keling, Kataloniya klubining eng qimmat transferlarining ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rib chiqaylik.

Zlatan Ibrahimovich (69,5 mln yevro)

Ibrahimovich 2009 yilda “Barselona” tarkibiga qo‘shilganida, u allaqachon Yevropaning eng yaxshi hujumchilaridan biri edi. Shvesiyalik futbolchini "Kamp Nou"ga olib kelish uchun "Barsa" Samuel Eto'Odan voz kechishi kerak edi.

Zlatan Kataloniyada o‘zini ajoyib tarzda ko‘rsatishni boshladi, ammo u va Pep Gvardiola o‘rtasidagi munosabatlar tezda buzilib ketdi. The Guardian nashrining yozishicha, ular deyarli gaplashmagan. “Barselona” Chempionlar ligasi yarim finalida “Inter”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng kiyinish xonasidagi qizg‘in bahsdan so‘ng hujumchi sobiq murabbiyini “umurtqasiz qo‘rqoq” deb atadi.

Zlatan "Milan"ga ketishdan oldin Ispaniyada atigi bir mavsum o‘tkazdi.

Frenki De Yong (75 million yevro)

2018/19 yilgi mavsumda De Yong futbol olamini zabt etdi: “Ayaks” Chempionlar ligasiga yo‘l oldi va yarim finalga chiqdi.

Niderlandiyalik yarim himoyachi - jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xagning mahorati evaziga "Barsa"ning qiziqishiga sabab bo‘ldi.

Frenki 2022/23 yillarda Xavi unga ko‘proq erkinlik berganidan so‘ng ochila boshladi, bungacha futbolchining "Barselona"dagi ishlari unchalik yaxshi emas edi. Hozirda De Yong ajoyib o‘yinlari va Niderlandiya terma jamoasiga qo‘shgan hissasi tufayli Yevropaning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Luis Suares (82 mln yevro)

2013/14 yil Suaresning Premyer-ligadagi eng yaxshi mavsumlaridan biri bo‘ldi. "Barselona" uni o‘z safiga chaqirganida esa "Liverpul" hujumchini saqlab qolish imkoniyati kam edi.

Kataloniyadagi birinchi mavsumida hujumchi Lionel Messi va Neymar bilan ajoyib trio tuzdi va "Barselona"ga Chempionlar ligasini yutishiga yordam berdi.

Urugvaylik futbolchi "Barsa" tarkibida La Ligadagi eng kuchli "to‘qqizlik" hujumchilaridan biri edi. U 283 o‘yinda 195 ta gol urib, "ko‘k-anorranglilar"ni jamoaning uchinchi eng ko‘p to‘purari sifatida tark etdi.

Neymar (88 mln yevro)

Futbol ishqibozlari mexrini zabt etgan braziliyalik yosh vinger “Real” va “Chelsi” qiziqishlariga qaramay, “Barselona”ga o‘tishga qaror qildi. 2013 yilda esa u orzusini amalga oshirdi.

"Barselona" Neymar uchun kutilganidan ham ko‘proq pul to‘ladi, ammo jamoada o‘tkazgan ajoyib to‘rt yil orqali o‘ziga kiritilgan sarmoyani oqladi.

Neymar Kataloniyada 186 ta o‘yinda maydonga tushib, 2017 yilda Parij klubiga rekord darajadagi transfer evaziga yo‘l oldi. "Barselona"da u 105 ta gol urdi va 76 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Antuan Grizmann (120 mln yevro)

Kataloniya klubining omadsiz xaridlaridan biri.

Bir qarashda, o‘sha paytdagi Yevropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lgan Antuan Grizmanni qo‘lga kiritish ajoyib g‘oyadek tuyuldi, ammo jamoaning dahshatli rejasi tufayli Grizmann klubga mos kelmadi.

Fransiyalik futbolchi "Atletiko Madrid"da ajoyib obro‘ga ega edi va u yerda ikkinchi hujumchi sifatida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Ammo u 4-3-3 sxemasida o‘ynagan "Barselona"da o‘zining eng yaxshi pozisiyasini hech qachon topa olmadi.

Grizmann turli pozisiyalarda harakat qildi, lekin u hech qachon o‘ziga sarflagan pulni oqlay olmadi.

"Barselona"da Antuan 102 o‘yinda 35 ta gol urdi va "Atletiko"ga qaytdi va u yerda o‘shandan beri doimiy ravishda o‘zining eng yaxshi natijalarini ko‘rsatib kelmoqda.

Usmon Dembele (145 mln yevro)

"Barselona"ga Dembele bilan omad kulib boqmadi. Fransuz juda iqtidorli va ba’zida to‘xtatib bo‘lmaydigan darajada o‘yin ko‘rsatsa ham, jarohatlar uning klubda uning muvaffaqiyatga erishishiga to‘sqinlik qilgan.

"Kamp Nou"dagi olti mavsum davomida 26 yoshli futbolchi yozda "PSJ"ga o‘tishdan oldin turli jarohatlar tufayli 117 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi.

Filippe Koutinyo (160 million yevro)

“Barselona” 2018 yilda “Liverpul”dan Koutinyoni 160 million yevrolik transferini amalga oshirganida, ko‘pchilik bu narx aqldan ozgan deb o‘ylagandi. Biroq, braziliyalikni futbolchini Kataloniyada omadsizlik kutayotgan edi.

"Barselona" Koutinyoni "Liverpul"dagi eng yaxshi pleymeyker maqomida o‘z safiga qo‘shib oldi. Biroq u jamoaning 4-3-3 sxemasiga moslasha olmadi.

Koutinyoning o‘yini tez-tez o‘zgarib turardi, turli darajadagi muvaffaqiyatlarga erishdi, lekin u hech qachon "Enfild"da uni yulduzga aylantirgan formasini ko‘rsata olmadi.

Futbolchi klubdagi omadsizliklardan so‘ng "Aston Villa"ga o‘tdi va u yerdan hozirda Qatarga yo‘l olishga yaqin turibdi.

Kiritildi: 18:00, 07.09.2023.
O'qildi: 3659 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.