Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli 0-0 Fiorentina
29/09 21:30 Betis 1-0 Espanyol
29/09 23:45 Napoli 2-0 Monsa
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya - Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston - Argentina
30/09 21:00 As-Sadd - Istiqlol
30/09 21:00 Persepolis - Paxtakor
30/09 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
30/09 23:00 An-Nasr (SA) - Ar-Rayyan
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Yil o‘tmay erkin agentga aylanadigan yulduzlar

Yil o‘tmay erkin agentga aylanadigan yulduzlar

Baho:
+ | -

2024 yil yoziga kelib ko‘plab yulduzlar erkin agent maqomini olishi mumkin, agar hozirgi jamoalari ular bilan shartnomani uzaytirmasa, yoki qishda sotib yubormasa. Bu nomlar ichida hamma bilgan nomlar bo‘lishi ham tabiiy, albatta. Keling, ularni ko‘rib chiqaqimiz.

Kilian Mbappe

Biz bu Mbappe dostonidan yaqin oylarda, hatto bir yilda ham qutula olmaymiz. O‘tgan yozda "PSJ" Kilianni hattoki jamoadan diskvalifikasiya qilishning qattiq chorasini qo‘llasa ham, saqlab qola oldi. Bu ish berdi va tomonlar Kilian ketganidan keyin “PSJ”ga munosib pul olish, fransuzning o‘zi esa o‘zi uchun yaratgan oltin parijlik qafasdan chiqib ketish imkonini beradigan murosa izlay boshladi. Ammo hozircha haqiqat shuki, Mbappening shartnomasi kelasi yozda tugaydi va u 1 yanvardan boshlab yangi klubi bilan qonuniy muzokara olib borishi mumkin.

Adriyen Rabio

Rabio "Barselona" yoki "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Ammo fransuz o‘tgan yozda shartnomasini bir yilga uzaytirdi. Bu klubni o‘zgartirish uchun muhim qarorni kechiktirish kabi ko‘rinadi. Shu bilan birga, Rabio "Yuventus"da tobora muhim rol o‘ynamoqda va turinliklar uni uzoqroq saqlashga umid qilmoqda.

Kayl Uoker

Angliyalik himoyachi "Bavariya"ga o‘tishga juda yaqin edi. Ammo u qolishga qaror qildi. Hozir “Siti” bilan shartnomani uzaytirish haqida gap ketmoqda. Va birdaniga uch yilga. Shunda sobiq "Tottenxem" futbolchisi o‘n yilni "shaharliklar" lagerida o‘tkazishi mumkin.

Luka Modrich

Madridliklar o‘z ro‘yxatini yangilashga va Modrich, Kroos kombinasiyasidan voz kechishga puxta va astoydil tayyorlanmoqda. Bunga erishish uchun asta-sekin Kamavinga va Tchuameni, keyinroq esa Bellingem olib kelindi. Avlodlar almashinuvi keyingi yil yakunlanishi mumkin. 2012 yildan beri Modrich "Real Madrid"da 23 ta sovrin yutgan. Xorvatiyalik futbolchi bilan shartnoma uzaytirilishi dargumon. Ammo uning o‘zi faoliyatini yakunlash niyatida emas. E’tiborlisi, Modrichdan (33 yosh) yoshroq bo‘lgan o‘sha Kroos, aksincha, faoliyatini tez orada, aniqrog‘i, "Real Madrid"da yakunlash niyatini ochiq bildirmoqda.

Erik Dayer

Ko‘rinishidan, Dayer "shporlar"ning yangi bosh murabbiyi Postekogluning rejalarining bir qismi emas. Shu bois unga yanvar oyida boshqa klub bilan muzokara o‘tkazish va ular bilan dastlabki shartnoma imzolash uchun ruxsat berilsa kerak. Dayerga "Bavariya", shuningdek, "Nottingem Forest", "Bornmut" va "Fulxem" klublari qiziqish bildirmoqda.

Tiago Alkantara

"Qizillar" o‘tgan yozda butun yarim himoya chizig‘ini qayta tikladilar. 32 yoshli Alkantara jamoani tark etishi mumkin, chunki u jarohatlar tufayli muntazam o‘ynay olmayapti. Shu bilan birga, u maydonga tushganida, "qizillar"ning yangilangan yarim himoyasiga qimmatli tajriba olib keladi. Darvoqe, Alkantara safdoshlari ortidan Saudiya Arabistoniga borishi mumkin.

Alexandro Balde

Baldening so‘nggi yillarda o‘sishi aql bovar qilmaydigan darajada bo‘ldi. U hozirda "Barselona"ning boshlang‘ich futbolchisi bo‘lib, deyarli har bir o‘yinda chap qanotdagi faolligi bilan e’tiborni tortadi. U allaqachon Ispaniya terma jamoasiga kirib bo‘lgan. Uning jamoani tark etish ehtimoli past. Shu bilan birga, yangi shartnoma yo‘qligi sababli bosim paydo bo‘lishi mumkin. Demak, tez orada yangi uzoq muddatli shartnoma tuzilishi kerak va shunda Balde bu ro‘yxatdan tushib qoladi.

Nikolas Uilyams

Uilyams hali 21 yoshda, lekin u allaqachon "Atletik"ning asosiy o‘yinchisidir. Klub esa uni yo‘qotishni istamaydi. Ammo bunday xavf mavjud. Va hatto keyingi yil bepulga ketishi mumkin. Ispaniya matbuoti Uilyamsning "Atletik" bilan yangi shartnoma imzolashga tayyorligini, biroq atigi ikki yilga va 50 million yevroga sotib olish sharti bilan imzolanishini yozmoqda. Shuning uchun u muxlislarni tinchlantirmoqchi va klubga bundan nimadir ishlab olishiga kafolat bermoqchi.

Kiritildi: 11:47, 10.09.2023.
O'qildi: 3337 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.