Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

UFC-293. Shon Striklend Israel Adesanyani mag‘lub etib, o‘rta vazn chempioniga aylandi (videosharh)

UFC-293. Shon Striklend Israel Adesanyani mag‘lub etib, o‘rta vazn chempioniga aylandi (videosharh)

Baho:
+ | -

Avstraliyaning Sidney shahrida O‘zbekiston vaqti bilan 10 sentyabr tongida UFC 293 musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqaning markaziy jangi o‘rta vazn toifasida UFC chempioni, nigeriyalik Israel Adesanya hamda amerikalik da’vogar Shon Striklend o‘rtasida kechdi. 5 raundlik jang to‘liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan 49:46, 49:46, 49:46 hisobida Striklend g‘alaba qozonib, o‘rta vazn chempioniga aylandi.

Og‘ir vazn toifasida avstraliyalik Tay Tuivasa hamda rossiyalik Aleksandr Volkov to‘qnash keldi. 3 raundlik jangning 2-raundida Volkov raqibini sabmishen orqali mag‘lubiyatga uchratdi.

Turnirning asosiy janglari:

Shon Striklend ochkolar evaziga Israel Adesanyani mag‘lub etdi;

Aleksandr Volkov 2-raundda sabmishen bilan Tai Tuyvasani yengdi;

Manel Kape ochkolar evaziga Filipe dos Santosni yutdi;

Jastin Tafa 1-raundda Ostin Leynni nokaut qildi;

Tayson Pedro 1-raundda Anton Turkaljni nokaut qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:50, 10.09.2023.
O'qildi: 2560 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик