Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

O‘FA rahbariyati Farg‘onada futbol ishqibozlari bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati Farg‘onada futbol ishqibozlari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Farg‘ona viloyatida O‘FA vise-prezidentlari Ravshan Ermatov hamda Azizbek Ikramov boshchiligida futbol muxlislari bilan muloqot o‘tkazildi. Suhbat avvalida bugun O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish yo‘lida aniq reja bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, xalqaro musobaqalar mezbonligi, turnirlar geografiyasi kengayib, Farg‘onada ham terma jamoalarimiz o‘yinlari tashkil etilayotgani borasida ma’lumot berildi. Shuningdek, futbolning ajralmas qismi bo‘lgan hakamlik yo‘nalishiga atroflicha to‘xtalib o‘tildi. So‘nggi kunlarda farg‘onalik muxlislarning bu boradagi e’tirozlariga sabab bo‘lgan vaziyatlar tahlil etildi.

«Hakamlar faoliyatidagi kamchiliklar oldimizda hali qilishimiz kerak bo‘lgan asosiy vazifalardan biri. Doim aytamiz, sifatli hakamliksiz sifatli futbolni yo‘lga qo‘ya olmaymiz. Shu sababli ham hakamlarimizni o‘qitish, qayta tayyorlash, tajribasini oshirish, hakamlar markaziga xalqaro mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha ish olib boryapmiz. O‘z navbatida, muxlislik madaniyatiga ham jiddiy e’tibor qaratishimiz zarurligini yurtimizdagi xalqaro musobaqalar ko‘rsatib berdi. Biz kelajakda ham Farg‘onada muhim turnirlar o‘yinlarini o‘tkazishni rejalashtiryapmiz», dedi Ravshan Ermatov.

Uchrashuv mobaynida «Neftchi» klubi o‘yinlaridagi hakamlikka oid epizodlar muhokama qilindi. Muxlislarning fikrlari tinglanib, savollariga javob berildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:19, 10.09.2023.
O'qildi: 1357 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик