Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Skaloni Messining holati haqida ma’lumot berdi

Skaloni Messining holati haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Boliviyaga qarshi JCH-2026 saralash o‘yini oldidan Lionel Messining holati haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, Ekvador terma jamoasiga qarshi o‘yinda “Inter Mayami” forvardi 89-daqiqada kasallik tufayli maydonni tark etgan edi.

Mutaxassisning qayd etishicha, hujumchi jamoa bilan Boliviyaga uchib ketmoqchi.

“Bugun u odatdagidan boshqacharoq mashg‘ulot o‘tkazdi, ammo o‘yinga hali ikki kun bor. Ertaga u o‘ynaydimi yoki yo‘qmi, bir qarorga kelamiz. Tarkib Ekvadorga qarshi o‘ynagan tarkibga o‘xshash bo‘ladi", - dedi Skaloni matbuot anjumanida.

Boliviya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 13 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 05:48, 11.09.2023.
O'qildi: 2043 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик