Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Gap faqat pulda emasmi?

Gap faqat pulda emasmi?

Baho:
+ | -

Saudiya futboli yulduzlar ko‘nglini pul bilan ovlayotgani - ayni haqiqat.

Mana, Neymardek megayulduz ham yevrofutboldan yuz o‘girib, «PSJ»dan «Al-Hilol»ga o‘tdi. Braziliyalik hujumchi endi Saudiya Arabistonida katta maosh, turli bonuslar va homiylik mablag‘lari ortidan 400 million dollar topishi mumkin. «Chelsi»ning sobiq futbolchisi Floran Maludaning aytishicha esa, Neymar holatida gap faqat pulda emas.   

Fransiyalik sobiq vinger braziliyalik futbolchi transferiga to‘xtalib, bir tomondan, ma’lum darajada uning yonini oldi, bosh­qa tarafdan esa... «Menimcha, bu yerda gap faqat pul emas, balki terma jamoada o‘ynash ishtiyoqida ham. Fikrimcha, Neymar APLning biror top-klubidan joy olishiga ishonolmadi. Shaxsan men ham uning deylik, «Chelsi» yoki «Liverpul»ga o‘tish imkoniyatini past baholayotgandim. Qisqasini aytganda, bu Ney uchun eng yaxshi taklif edi. Shundan ekan, barchasi faoliyati yo‘lida mantiqan to‘g‘ri bo‘ldi», - dedi vaqtida «Chelsi» o‘yinlarida ancha yaxshi taassurot qoldirgan Maluda Betway muxbiri bilan suhbatda. 

Bu orada Neymar ishtirokidagi o‘rtoqlik o‘yin­laridan birining arxivlangan videosi internet yuzini ko‘rdi. Endi muxlislar o‘z izohlarida o‘sha uchrashuv saviyasi taxminan Saudiya Arabistoni futboli darajasiga mos kelishi, ya’ni braziliyalik yulduz yangi chempionatda o‘zini juda qulay his etishini ta’kidlashmoqda. Demak, navbatdagi kalaka va hazillar seriyasi boshlandi.

«Real» yarim himoyachisi Toni Kroos esa «Selta»ning istiqboli baland hujumkor futbolchisi Gabri Veyga «Napoli» taklifini chetga surib, Sau­diya professional ligasida o‘ynash variantini tanlaganiga nisbatan keskin munosabat bildirdi. Insayder Fabrisio Romano yosh iqtidorning «Al-Ahli»ga o‘tayotgani haqida xabar yozgach, «Madrid» afsonasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida darhol lo‘ndagina izoh yozdi: «Sharmandalik». Aytish kerak, Kroosning o‘zi yoz bo‘yi Saudiya klublari takliflarini rad etib keldi. Qo‘shimcha ma’lumot, «Napoli»dan tashqari, «Barselona», «Manchester Siti», «PSJ», «Liverpul» va «Chelsi» klublari ham Veygaga qiziqayotgandi.

 

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:52, 11.09.2023.
O'qildi: 1982 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик