"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoada faqatgina murabbiylik vazifasini bajarmaydi. Bu borada Fabrisio Romano shunday deydi:
"Mikel Artetaning "Arsenal" loyihasidagi o‘rni o‘ta muhim. U murabbiylikdan tashqari rahbariyat a’zosi sifatida sport direktori Edu bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Ular birgalikda hozirgi tarkibni shakllantirishda muhim ishlarni bajardi. Buni Deklan Rays ham ta’kidlagan edi".