Joau Feliks "Barselona" safida debyut golini urdi.
Qanot hujumchisi La Liganing 5-turidan o‘rin olgan "Betis" bilan o‘yinda (2:0, tanaffus) hisobni ochdi. Oriol Romeu uzatmasidan portugaliyalik futbolchi unumli foydalandi.
Feliks "Atletiko"dan ijaraga olinganidan keyin "ko‘k-anorranglilar" uchun ikkinchi o‘yinini o‘tkazmoqda.