Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

YECHL yaqin. Guruhdan oson chiqishi kutilayotgan jamoalar

YECHL yaqin. Guruhdan oson chiqishi kutilayotgan jamoalar

Baho:
+ | -

Bir necha kundan keyin Chempionlar ligasining guruh bosqichi boshlanadi. Quyida gigantlar orasidan qaysi biri Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga aniq yo‘l olishi haqida taxmin qilamiz.

«Bavariya» va «Manchester Yunayted»

«A» guruhiga ikkita yirik gigant – «Bavariya» va «Manchester Yunayted» kirdi. Bizni klassik to‘qnashuv kutmoqda. «Qizil iblislar» mavsumni biroz noaniq tempda boshladi va umuman o‘n yil davomida qayta qurish maqomida bo‘lib keldi, muxlislar faqat kamtarona muvaffaqiyatlar, yorqin kelajakka umid va xotiralar bilan yashadi.

«Manchester Yunayted» qur’a paytida «Bavariya» bilan to‘rtlikdan joy olganida, uchinchi raqamdan kimlar bu guruhga tushishi juda qiziq bo‘ldi. Albatta, ko‘pchilik «Milan»ning uchinchi bo‘lishini xohlardi - bu klassik guruhga aylanardi. Biroq umidlar tezda puchga chiqdi – «Milan» o‘rniga «Galatasaroy» va «Kopengagen» «Bavariya» va «Manchester Yunayted»ga raqib bo‘ldi.

«Bavariya» «A» guruhidan muammosiz chiqishi kerak, hattoki hozirda Tomas Tuxel jamoasi juda kuchli ko‘rinmasligini hisobga olsak ham. «Manchester Yunayted» ham katta ehtimol bilan pley-offga chiqadi. «Galatasaroy» va «Kopengagen» hozirgi holatida «qizil iblislar»ning asablarini chil-chil qilishlari mumkin, ammo bu jamoalardan biri guruhni kuchli ikkilikda yakunlanishiga ishonish qiyin, chunki klass yetarli emas.

«Real»

«Real Madrid» - Chempionlar ligasining haqiqiy qiroli. 2005 yildan 2010 yilgacha madridliklar ketma-ket olti mavsum Yevropaning eng kuchli klub turnirining 1/8 finalidan nariga o‘ta olmagan. Biroq keyingi 13 mavsumning 11 tasida madridliklar kamida yarim finalga qadar yetib borganini unutmaslik kerak, beshta holatda esa ular «shalpangquloq kubok»ni qo‘lga kiritgan. Umuman olganda, «Real» yevrokuboklarni 14 marta qo‘lga kiritdi - bu turnirdagi g‘alabalar bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turgan «Milan»dan ikki barobar ko‘p degani.

UYEFAning asosiy turniridagi guruh bosqich formati 1991/1992 yilgi mavsumda paydo bo‘lgan - bu esa Yevropa chempionlar kubogi deb atalgan oxirgi yil edi. 90 yillarda «Real» Chempionlar Ligasining bir qancha mavsumlarini o‘tkazib yubordi. Biroq «Real Madrid» Chempionlar Ligasi guruhidan chiqa olmagan damlarni eslash deyarli imkonsiz.

«Real Madrid» bu mavsumda birinchi marta guruhdan chiqa olmaydi, deb aytishga asos yo‘q. Karlo Anchelotti shogirdlari yangi mavsumni yaxshi boshladi va Chempionlar ligasida o‘z saviyasini ko‘rsatishga hozirlik ko‘rmoqda. «Qaymoqranglilar» «Napoli», «Braga» va Berlinning «Union»lari bilan to‘rtlikda jiddiy muammolarga duch kelishlari dargumon.

«Manchester Siti»

«Manchester Siti» uzoq vaqtdan beri Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishi kutilgan edi, rahbariyat jamoaga sarmoya kiritgan mablag‘ni hisobga olsak, bu ajablanarli emas. O‘tgan mavsumda «shaharliklar» nihoyat o‘zlari xohlagan narsaga erishdilar. Yevropaning eng nufuzli turniri finalida Pep Gvardiola shogirdlari Rodrining goli evaziga «Inter»ni qiyinchilik bilan mag‘lub etishdi. Shunday kunlardan birida «Manchester Siti» sovrinni himoya qilishni boshlaydi.

«Manchester Siti» ketma-ket ikkinchi yil Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga qodirmi yoki yo‘qmi, hozircha aytish qiyin. Ammo Xosep Gvardiola shogirdlari pley-offga xotirjam yo‘l olishi kerak. «Shaharliklar»ning kvartetdagi raqiblari «RB Leypsig», «Crvena Zvezda» va «Yang Boyz» bo‘ladi. «Manchester Siti» bu guruhda muddatidan oldin ham birinchi o‘rinni egallaydi degan fikr bor.

«Barselona»

Xavi boshchiligida «Barselona» biroz oldinga siljib bo‘ldi. O‘tgan mavsumda kataloniyaliklar so‘nggi to‘rt yil ichida ilk bor Ispaniya chempioniga aylanishdi. Chempionlar ligasiga kelsak, 2022/2023 yilgi mavsumda «ko‘k-anorranglilar» «Bavariya» va «Inter»ga imkoniyatni boy berib, guruhdan chiqmadi. Bir yil avval ham jamoa Chempionlar ligasida guruh bosqichida o‘z ishtirokini yakunlagan edi – o‘shanda kataloniyaliklar «Bavariya» va «Benfika»dan orqada qolib ketgan.

Ikki yillik tanaffusdan so‘ng «Barselona» Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga qaytishi kerak. Birinchidan, aytganimizdek, Xavi jamoasi yaxshilandi. Ikkinchidan, kataloniyaliklar nisbatan oddiy guruhga tushib qolishdi. «Barselona»ning raqiblari kuchli «Portu», muammoli «Shaxtyor» va musobaqada debyut qilgan «Antverpen» bo‘ladi. Agar «ko‘k-anorranglilar» bu kvartetdan chiqmasa, bu haqiqiy muvaffaqiyatsizlik deganidir.

Kiritildi: 12:48, 17.09.2023.
O'qildi: 4997 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.