Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Shomurodov "Udineze" bilan o‘yinda qanday harakat qildi?

Shomurodov "Udineze" bilan o‘yinda qanday harakat qildi?

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasining 4-turida "Kalyari" o‘z maydonida "Udineze"ni qabul qildi. Bahsda nursiz durang qayd etildi – 0:0.

Ushbu bahsda hamyurtimiz Eldor Shomurodov ilk daqiqalardan maydonga tushmagan bo‘lsa-da, 60-daqiqada Leandro Pavolettini almashtirdi.

Eldorning 30 daqiqa davomida maydondagi harakatlari SofaScore'da 7 ballga loyiq ko‘rilgan. Bu natija u zaxiradan maydonga tushirilgan qolgan 4 ta sherigidan yaxshiroq harakat qilganini ko‘rsatadi. Masalan: Paulo Assi 6,2 ball, Naitan Nandes 6 ball, Adam Obert 6,7 ball va Alessandro Di Pardo 6,4 ballga baholangan.

O‘yin davomida "Kalyari"ning eng yaxshi futbolchisi deb darvozabon e’tirof etilgan - Boris Radunovich 7,5 ball.

Shomurodov maydonda o‘tkazgan daqiqalarida asosan quyidagi nuqtalarda faollik ko‘rsatgan.

Afsuski, hamyurtimiz o‘ziga berilgan daqiqalarda raqib darvozasi tomon birorta zarba yo‘llamagan. Shuningdek, u 2 bor dribling qilgan, 1 tasi muvaffaqiyatli. 21 marotaba to‘pga tegingan, 17 ta uzatmasining 13 tasi (76 foiz aniqlik) sheriklariga aniq yetib borgan. Bir bor golli vaziyat yaratgan. Yana u yelkama-elka kurashda 4 bor qatnashib, 2 bor g‘alaba qozongan, havodagi kurashda esa 1 marotaba raqibiga yengilgan. 1 marotaba fol ishlatib, o‘zi nisbatan ham 1 bor qo‘pollik ishlatishga majbur qilgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:27, 17.09.2023.
O'qildi: 17297 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик