Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Zidan ikki yil avval Dokuni "Real"ga olib kelmoqchi bo‘lgan

Zidan ikki yil avval Dokuni "Real"ga olib kelmoqchi bo‘lgan

Baho:
+ | -

"Real Madrid" ikki yil oldin belgiyalik hujumchi Jeremi Dokuni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lgandi. "Los-Blankos"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘zining sobiq jamoasiga iqtidorli "Renn" futbolchisiga e’tibor qaratishni maslahat berdi, ammo muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi, deb xabar beradi Defence Central.

Zidan murabbiylik lavozimini tark etgach, "Real" prezidenti Florentino Peres bilan yaxshi munosabatda bo‘lmoqda va Fransiyada o‘zini ko‘rsatgan futbolchilar klubiga muntazam ravishda maslahat berib turadi. Xususan, bir-ikki yil oldin u o‘sha paytda "Los Blankos"ga "Renn" futbolchisi Jeremi Dokuni sotib olishni qat’iy tavsiya qilgandi.

"Real Madrid" bu maslahatga quloq tutdi va belgiyalik vingerning transferini so‘radi. Biroq muzokaralar dastlabki bosqichda muvaffaqiyatsizlikka uchradi, chunki fransuz klubi so‘ragan mablag‘ "Real"ga mos kelmagan. Haddan tashqari ehtiyotkorlik sabab "qirollik klubi" o‘z tarkibini sifatli hujumchi bilan kuchaytirish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi oxirida Doku "Manchester Siti"ga ko‘chib o‘tgandi. OAV xabariga ko‘ra, "shaharliklar" 21 yoshli futbolchi uchun "Renn"ga 60 million yevro to‘lagan. Belgiya terma jamoasi futbolchisi Angliya chempionatida ikkita o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan va bitta gol urgan.

Kiritildi: 11:44, 18.09.2023.
O'qildi: 2211 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик