Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Ulug‘bek Mirzayev: "Andijon" - "Navbahor" o‘yiniga muxlislarning qiziqishi yanada ortishi shubhasiz"

Ulug‘bek Mirzayev: "Andijon" - "Navbahor" o‘yiniga muxlislarning qiziqishi yanada ortishi shubhasiz"

Baho:
+ | -

Kecha Osiyo Chempionlar ligasining yangi mavsumi start oldi. Unda uchta jamoalarimiz uch xil natija qayd etishdi.

Ya’ni, OKMK safarda “Al-Ittihod”ga 0:3 hisobida yutqazdi. “Nasaf” Iordaniyada “Al-Faysaliy”ni 1:0 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, “Navbahor” Saudiya Arabistonida “Al-Hilol” bilan sensasion tarzda 1:1 hisobida durang natijani qayd etdi.

Shu o‘rinda “Andijon” klubi bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev yuqoridagi natijalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Avvalambor, “Nasaf” jamoasini g‘alaba bilan tabriklaymiz. Shuningdek, “Navbahor”ni va uning muxlislarini durang natija bilan qutlaymiz. Chempionatimizning navbatdagi tur uchrashuvida “Navbahor” jamoasi Andijonga tashrif buyuradi. Bu nihoyatda qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Ayniqsa, “Al-Hilol”ga qarshi durangdan keyin muxlislar tomonidan “Andijon” – “Navbahor” uchrashuviga muxlislarning qiziqishi yanada ortishi shubhasiz. Bo‘lajak o‘yinda ishqibozlarning tashrifi juda ko‘p bo‘ladi, deb o‘ylaymiz. Mazkur bahsga astoydil tayyorlanyapmiz.

OKMK jamoasi esa yaxshi start ololmadi. Ammo, o‘ylaymizki, oldinda yana beshta o‘yin bor. OKMK ham o‘zi uchun kerakli natijalarni qo‘lga kiritishiga tilakdoshmiz.

Yana shuni aytib o‘tmoqchimizki, bu yil “Andijon” “Nasaf”ga qarshi bahslarda 4 ochkoni oldi. “Nasaf” esa “Andijon”dan faqat bir ochkoni qo‘lga kirita oldi. Ya’ni, “Andijon” jamoasi ham ko‘rinib turibdiki, “Nasaf”ning xalqaro arenada Iordaniyada g‘alaba qozongani jarayonida demak, biz jamoamizni bu yil yomon shakllantirmadik. Bemalol Superligada yetakchi klublarga raqobat ko‘rsata olyapmiz. Buni muxlislarimiz, jamoamiz homiylari hamda hamkorlari ham “Nasaf”ning kechagi g‘alabasidan so‘ng yana bir bor “Andijon”ning natijalari naqadar jiddiyligini yaxshi baholashadi”, - deya fikr bildirib o‘tdi Ulug‘bek Mirzayev.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 13:56, 19.09.2023.
O'qildi: 2055 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик