Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 0-0 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Xoland: Yetakchi vunderkindning tarjimai-holi

Xoland: Yetakchi vunderkindning tarjimai-holi

Baho:
+ | -

Norvegiyalik Erling Xoland taqdir taqozosi bilan Angliyaning Lids shahrida tavallud topdi.

Uning otasi Alf-Inge mahalliy «Lids Yunayted»da to‘p surgan, Erling uning mashg‘ulotlari va o‘yinlariga doimo birga borardi. Otasi faoliyatini tugatgach, oila a’zolari bilan vataniga qaytdi va mo‘’jazgina Bryune shaharchasidan boshpana topdi.

2006 yilda kichik Xoland «Bryune» futbol akademiyasiga qatnay boshladi va tez orada tengdoshlaridan yaqqol ajralib turadigan iqtidorni namoyish eta boshladi. Markaziy hujumchi ixtisosini yoqtirib qolgan o‘g‘loniga otasi ham yakka tartibda saboq berardi. Qizig‘i shundaki, bolaligidan juda ozg‘in bo‘lgan Erlingga «Molde»da saboq bergan Ule Gunnar Sulsher 2 yil ichida o‘z vaznini 15 kilogrammga oshirish vazifasini topshirgandi. Biroq Xoland ko‘proq ovqatlanish va tinimsiz mashg‘ulotlar evaziga yarim yil ichida ustozi topshirig‘ini bajardi.
***
Erling Xoland: 21.07.2000 yil Lids, Buyuk Britaniya 
Burji: qisqichbaqa
Bo‘yi: 195 sm
Vazni: 87 kg
Oilaviy maqomi: uylanmagan
Klubi: «Manchester Siti»
Ampluasi: hujumchi
Futboldagi faoliyati

***
Jismoniy quvvati va mahoratini sezilarli darajada oshirib olgan Erling 15 yoshida kattalar futbolidagi debyutini nishonladi. «Bryune»ning «Ranxaym»ga qarshi uchrashuvida o‘g‘lining o‘yinidan ta’sirlangan otasi Erlingga mahalliy jamoadan kuchliroq klubni qidira boshladi va «Molde» bilan kelishuvga erishdi. Shu tariqa yosh hujumchi boshlang‘ich tarkib o‘yinchisiga aylandi. Aynan shu jamoada uni ko‘rib qolgan «RB Zalsburg» vakillari 5 yillik shartnomani taklif etishdi. Yosh hujumchi yangi jamoada ishonchni oqlab, ikki marta Avstriya chempionligiga sazovor bo‘ldi. Shundan keyin top-klublar e’tiborini jalb etdi.

2019 yil dekabrida «Borussiya Dortmund» tarkibiga o‘tgan norvegiyalik vunderkind 2 yil ichida 86ta gol urdi va 2022 yil bahorida «Manchester Siti» a’zosiga aylandi. «Shaharliklar» bilan Erling nafaqat APL chempionligi, balki YECHL g‘olibi unvonini ham qo‘lga kiritdi. Shundan beri snayperning budilnigi nufuzli turnir madhiyasi bilan uni uyg‘otadi.

Norvegiya terma  jamoasi

Vatan sharafini himoya qilishga Xoland juda barvaqt kirishdi. U turli yosh toifalaridagi o‘smirlar terma jamoalarida to‘p surdi. Jumladan, 2017 va 2018 yillarda Yevropa chempionatlarida ishtirok etdi.

Asosiy terma jamoadagi debyutini esa 2019 yilda Malta terma jamoasiga qarshi o‘yinda nishonladi. Biroq merganning sermahsul o‘yinlari terma jamoaning Yevro-2020 final bosqichi va qatar mundialiga chiqishini ta’minlay olmadi.

Muvaffaqiyatlari:

Norvegiya terma jamoasi bilan Sirenka Kubogi sohibi

Avstriyaning 2 karra chempioni (2019, 2020)

Avstriya Kubogi sohibi (2019)

Germaniya Kubogi sohibi (2021)

Angliya chempioni (2022|23) 

Angliya Kubogi sohibi (2022|23)

YECHL g‘olibi (2022|23)

Shaxsiy 

muvaffaqiyatlari:

Yoshlar o‘rtasidagi JCHning eng yaxshi to‘purari (2019)

Avstriyaning eng yaxshi futbolchisi (2019)

Golden Boy mukofoti sohibi (2020)

YECHLning 2 karra eng yaxshi to‘purari (2020|21, 2022|23)

Norvegiyaning eng yaxshi futbolchisi (2020)

Millatlar Ligasining eng yaxshi to‘purari (2020|21)

UYEFA tasnifi bo‘yicha «eng yaxshi hujumchi» (2020|21)

YECHLning eng yaxshi hujumchisi (2020|21)

APLning «Oltin butsa» sovrini sohibi (2022|23)

UYEFA «Oltin butsa» sovrini sohibi (2022|23)

Bir mavsumdagi gollar bo‘­yicha rekord sohibi (2022|23)

APLning eng yaxshi futbolchisi (2023)

Erling Xoland qancha ish haqi oladi?

Xoland «Manchester Siti»ning Kevin De Bryuynedan keyingi eng kup maosh oladigan o‘yinchisi. Uning haftalik ish haqi 500000 yevro atrofida. 1 yillik daromadi esa 22 milliondan ko‘proq. Boshqa bir ma’lumotga ko‘ra, hujumchi bonuslarni qo‘shib hisoblaganda, haftasiga 1 mln.ga yaqin mablag‘ oladi. Bundan tashqari, Erling «Nike» bilan hamkorligi evaziga har yili 20 mln. funtdan ko‘proq mablag‘ga ega bo‘ladi.

Erling qayerda istiqomat qiladi?

Hujumchi «Siti»da to‘p surayotgani sababli, hozir Manches­terda o‘z ma’shuqasi bilan hayot kechirmoqda. Ta’tilni esa u Ispaniyadagi xususiy uyida o‘tkazadi. Doimiy turar,joy borasida Xoland biror to‘xtamga kelganicha yo‘q, hozir u uchun eng muhimi - top-klublarda sifatli o‘yin ko‘rsatish.

Shaxsiy hayoti

Xolandning taniqli model Izabel Xaugseng Yoxansen bilan uchrashib turishi o‘tgan yilning kuzida jamoatchilikka ma’lum bo‘ldi. Aslida, Erling Izabel bilan akademiyada yurgan paytida tanishgandi. Uzoq vaqt davom etgan do‘stlik keyinchalik jiddiy munosabatga aylandi. Model sevgilisi ishtirokidagi o‘yinlarga va taqdirlash marosimlariga kelib turadi.

Sportdan tashqari qiziqishlari

Bo‘sh vaqtlarida hujumchi o‘zining salomatligi va yaxshi sport formasini talab darajasida bo‘lishga qaratadi. U faqat filtrdan o‘tgan suvni iste’mol qilishi ayon bo‘ldi, Erling molning jigari va sabzini xush ko‘radi. Yaxshi hordiq chiqarish maqsadida futbolchi maxsus ko‘zoynak taqqan holda uxlaydi. E’tiborli jihati - uyqu vaqti 9 soatdan kam bo‘lmaydi. Aytishicha,bu rejim uning sermahsulligiga yordam beradi. Xoland o‘z gollarini nilufar gulga xos o‘tirish bilan nishonlaydi.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 14:33, 19.09.2023.
O'qildi: 1588 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.