Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Tunislik ko‘zga ko‘ringan sobiq futbolchi yurtimizga keladi va "Andijon"ning uy uchrashuviga taklif qilindi

Tunislik ko‘zga ko‘ringan sobiq futbolchi yurtimizga keladi va "Andijon"ning uy uchrashuviga taklif qilindi

Baho:
+ | -

Oktyabr oyida O‘zbekistonga tunislik taniqli sobiq futbolchi Shaker Zuagi tashrif buyuradi.

U oxirgi marta Tunisning eng nomdor jamoalaridan biri “Etual De Sahel”da bosh murabbiy yordamchisi bo‘lib ishladi. Hatto bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi bo‘lib ham faoliyat olib borgan.

Muxlislarimiz uni yurtimizda OKMK va “Bunyodkor”dagi o‘yinlari orqali yaxshi eslab qolishgan. U kuchli markaziy yarim himoyachiligini isbotlay olgan. Shu sababli Zuagi futbol muxlislarida o‘zidan juda yaxshi taassurotlar qoldira olgan.

Tez orada Shaker O‘zbekistonga keladi va shundan foydalangan holda u “Andijon”ning uy uchrashuvlaridan biriga taklif qilindi.

Hozirgi kunda juda yaxshi futbol eksperti sifatida ham tilga olinmoqda. Shuning uchun “Andijon”ning o‘yinlarini kuzatgan holda kuchaytirilishi lozim bo‘lgan pozisiyalarni baholaydi va o‘z fikrlarini bildiradi.

Aytish mumkinki, “Andijon” klubi bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev Shaker Zuagi bilan yaxshi aloqada bo‘lib, garchi tunislik yurtimizdan ketganiga ancha bo‘lganiga qaramay, ular doimiy aloqada bo‘lib turadilar.

Ma’lumot uchun, Zuagi O‘zbekistondan ketgach, BAAning “Xorfakkan” jamoasida ishladi. Darvoqe, uning akasi Tunisdagi eng taniqli murabbiylardan hisoblanadi.

Tabiiyki, Zuagining jamoamiz to‘g‘risidagi fikrlari yangi mavsumga shakllantirish jarayonida juda ahamiyatli bo‘ladi. Shuning uchun kelasi mavsumda klubni shakllantirish jarayonida tunislik mutaxassisning xulosalari jamoamizga asqotadi, degan umiddamiz.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:44, 19.09.2023.
O'qildi: 2187 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик