Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turida “Lasio” bilan durang (1:1) haqida fikr bildirdi.
“Biz ajoyib o‘yin o‘tkazdik, men jamoamdan xursandman. Himoyada ham, hujumda ham yaxshi ishladik. Oxirida gol o‘tkazib yuborganimiz achinarli. Biz ko‘proq gol urishimiz mumkin edi, bizda ikki-uchta juda yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Ammo ulardan foydalana olmadik", - deya Grizmanning so‘zlaridan iqtibos keltiradi UEFA matbuot xizmati.