Darvozabon Tibo Kurtua jahon chempionati doirasidagi Ispaniyaga qarshi o‘yinda jarohat oldi va maydonni tark etdi. Jurnalist Arancha Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Kurtua allaqachon tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va natijalar jiddiy jarohatni istisno qilgan.
Qayd etilishicha, Kurtua ta’tildan keyin safga qaytadi. Bu belgiyalik darvozabon mavsumni "Real" bilan birgalikda boshlay olishini anglatadi.
Avvalroq matbuotda ancha noxush xabarlar tarqalgan edi – Kurtua ikki oygacha maydondan chetda qolishi mumkinligi taxmin qilingandi. Tibbiy ko‘rik buni tasdiqlamadi.
Qo‘shimcha qilib o‘tamiz, Belgiya terma jamoasi jahon chempionatining chorak final bosqichida Ispaniyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.













