Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘zbekiston MTJ: Faktlar va fikrlar omuxtasi...

O‘zbekiston MTJ: Faktlar va fikrlar omuxtasi...

Baho:
+ | -

JCH-2026 saralashi va OK-2023 final bosqichiga qaratilgan mashg‘ulotlar jarayonining yangi bosqichiga ko‘tarilgan O‘zbekiston milliy jamoasi AQSH safarida chakki taassurot qoldirgani yo‘q.

Ha, Srechko Katanes boshqaruvidagi bosh jamomiz AQSH termasiga yirik 0:3 hisobida yutqazib, meksikaliklar bilan bahsda mag‘lubiyatdan zo‘rg‘a qochdi - 3:3. Muhimi, o‘yin sifati ko‘pchilikka manzur bo‘ldi. Ayniqsa, «asteklar»ni yengishimiz ham hech gap emasdi.

Faktlar

Jaloliddin Masharipov sentyabr oyi­dagi FIFA kunlari o‘tkazilgan rasmiy va o‘rtoqlik o‘yinlarida yakkakurashlarda eng ko‘p g‘olib chiqqan futbolchi bo‘ldi. Meksikaliklarga qarshi bahsda jamoamizni sardor sifatida maydonga boshlab tushgan yarim himoyachi (68 foiz) 24ta yakkakurashda ustun kelib, bu borada Chezare Kazadei (Italiya termasi o‘yinlarida 23 marta ustunlik) va Yustas Lasiskas (Litva termasi o‘yinlarida 22 marta ustunlik)ni ortda qoldirdi. 

* Meksika - O‘zbekiston o‘yinini Atlantadagi Mercedes-Benz stadionida 33817 muxlis kuzatdi.

O‘zbekiston milliy jamoasi KONKAKAF a’zolariga qarshi 4-o‘yinda ilk ochkoni oldi. Vakillarimiz bunga qadar Kanada (1:2), Kosta-Rika (1:2) va AQSH (0:3) termalariga yutqazishgandi.

Srechko Katanes O‘zbekiston milliy jamoasi boshqaruvidagi 22-o‘yinda 3-marta durang qayd etdi. Bungacha jamoamiz sloveniyalik murabbiy qo‘l ostida Venesuela (1:1) va Rossiya (0:0) termalari bilan bahslarda murosa ko‘chasini tanlagandi.

Jaloliddin Masharipov O‘zbekiston milliy jamoasi libosida yubiley 50-o‘yinini nishonladi va gvardiyachilar ro‘yxatida Aleksandr Xvostunov bilan tenglashdi. Masharipov 50ta o‘yinda 11ta gol urgan va 6ta assist qayd etgan. U bosh jamoamizda 2016 yili Iroq termasiga qarshi bahsda debyut qilgandi.

O‘tkir Yusupov milliy jamoamiz darvozasini 17-o‘yinda qo‘riqlab, Aleksey Polyakovga yetib oldi (darvozabonlar orasida 6-yuqori natija). 5-o‘rindagi Aleksandr Lobanov hisobida 20ta o‘yin bor.

Otabek Shukurov milliy jamoa safidagi 57-o‘yinida 4-golini nishonladi. U oldingi gollarini Xitoy (2016 yil), Senegal (2018) va Saudiya Arabistoni (2019) termalari darvozasiga urgandi.

Aziz Turg‘unboyev milliy jamoadagi 22-o‘yinida 2-golini urdi. U bunga qadar 2022 yili Tailand termasi bilan bahsda gol muallifiga aylangan edi.

* 26 yoshli Bobur Abduxoliqov O‘zbekiston milliy jamoasidagi gollari hisobini ochishga 9ta o‘yin yoxud 353 daqiqa sarfladi.

Fikrlar

Meksika - O‘zbekiston o‘yinidan keyin har ikki jamoa bosh murabbiyi o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Jumladan, raqib ustozi Xayme Lozano jamoamiz kam hujum qilib, ko‘p jazolaganini ta’kidladi.

Xayme Lozano (Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi): - O‘ylashimcha, yuqori bosim jamoamga aks ta’sir ko‘rsatdi. Hisobda ort­da qolayotganimizda o‘yinni tezda tikladik, ammo raqib yaxshi hujumlar orqali qiyinchilik tug‘dirdi. Shogirdlarim bunday vaziyatlarda tushunarsiz harakatlanishdi. Pressing va ortga qaytish ustida hali ko‘p ishlashimiz kerak. Ayniqsa, pressing vaqti o‘yinni qanday boshqarishni bilolmay qoldik, chunki raqib juda uyushqoqlik bilan oldinga o‘tdi. Qo‘yib yuborilgan gollar oldini olish mumkin edi. Umuman, to‘psiz o‘ynashni jinim suymaydi, bunday vaziyatlarda kam vaziyat yaratib, ko‘p jazolanamiz...».

Srechko Katanes (O‘zbekis­ton terma jamoasi bosh murabbiyi): - O‘yin yaxshi o‘tdi, ehtimol, ko‘prog‘iga munosib edik. Bunday jamoalarga qarshi o‘yinlar - biz uchun zo‘r tajriba. Meksika termasi juda kuchli, tarkibida texnik salohiyati baland futbolchilar ko‘p. Birinchi bo‘limda raqibning bir qator asosiy futbolchilari zaxirada qolgan bo‘lsalarda, jamoa faol o‘ynadi. Shogirdlarimdan xursandman, o‘yindan ko‘nglim to‘ldi, chunki aksar futbolchilarimiz klublarida yetarli o‘yin amaliyo­tiga ega emaslar. Umid qilamanki, ular keyingi oy, JCH saralashigacha yanada yaxshiroq sport formasiga kirishadi. Yigitlar bilan faxrlanaman va biz o‘sishda davom etamiz.

Bobur Abduxoliqov (O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi): - Juda og‘ir o‘yin. Meksika termasi muntazam JCHda o‘ynayotgan tajribali raqib, baribir. Hammasini yaxshi boshladik, shukr, terma jamoada debyut golimni nishonladim. Bu esda qoladigan voqea, albatta. Menimcha, muxlislar o‘yin tomoshasidan yayrashdi. Axir 3:3 — jangovar durang.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:11, 20.09.2023.
O'qildi: 3404 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.