Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

"Turon" - "Neftchi" bahsi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

"Turon" - "Neftchi" bahsi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Superliganing 19-turidan o‘rin olgan “Turon” — “Neftchi” uchrashuvi 9 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 10 noyabrda esa mazkur tur doirasidagi yana bir uchrashuv — “Buxoro” — “Olimpik” o‘tkaziladi.

Liga taqvim tuzishda Qo‘qon mezbonlik qilayotgan yirik xalqaro festivalni inobatga olgan bo‘lib, “Qo‘qon-1912” futbol klubi ishtirokidagi o‘yinlar sanasini shundan kelib chiqib belgilagandi. Biroq festivalga xorijdan kutilganidan ko‘proq mehmonlar kelayotgani inobatga olinib, Farg‘ona viloyati hokimi Qo‘qonga qo‘shni bo‘lgan Yaypandagi chempionat uchrashuvi sanasini o‘zgartirish masalasida taklif bilan chiqdi. “Turon” va “Neftchi” xalqaro maydonda ishtirok etmayotganidan kelib chiqib, Liga mazkur taklifni qabul qildi. Boisi, so‘nggi yillarda Farg‘ona derbisi o‘ziga hos ahamiyat kasb etib borayotganidan kelib chiqib, biz uchun xavfsizlik masalasi birinchi o‘rinda turadi.

Avvalroq Liga “Olimpik” futbol klubi asosini tashkil qiluvchi qator futbolchilar Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishidan kelib chiqib, jamoaning 19-turdan o‘rin olgan “Buxoro”ga qarshi o‘yinini noyabr oyidagi FIFA kunlariga yaqinlashtirishga qaror qilgandi. Endilikda Farg‘onaning ikki klubi ham shu pallada kurash olib borishi belgilandi.

Kiritildi: 16:22, 21.09.2023.
O'qildi: 1740 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.