Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

«Atletiko»ga qarshi derbida «Real»ning o‘ng qanoti kimga ishonib topshiriladi?

«Atletiko»ga qarshi derbida «Real»ning o‘ng qanoti kimga ishonib topshiriladi?

Baho:
+ | -

«Real Madrid» himoyachisi Lukas Vaskes katta ehtimol bilan «Atletiko»ga qarshi derbida asosiy tarkibda maydonga tushadi. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, «Real Madrid»ning asosiy o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal yaqinda jarohat olgan va shu sabab Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turi doirasidagi «Berlin Union»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi. Ispaniyalik futbolchining jarohati qanchalik jiddiyligi hozircha noma’lum.

Vaskes «Union»ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushib, jamoasining 1:0 hisobida minimal g‘alaba qozonishiga yordam berdi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya La Ligasida «Real Madrid» dastlabki beshta turda maksimal ochko jamg‘argan.

Kiritildi: 13:22, 22.09.2023.
O'qildi: 3113 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик