"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o‘tgan yozda Fransiyaning "Lill" klubidan Turin jamoasiga o‘tgan himoyachi Timoti Veaning o‘yinlarini baholadi.
“Vea? Bu yosh yigit erishayotgan yutuqlardan juda mamnunman. U Italiyaga uch oy oldin kelgan va o‘sishda davom etmoqda. Ayni paytda u zaxiradan maydonga tushib, jamoani kuchaytira oladigan ajoyib futbolchi”, - dedi Allegri matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Timoti o‘z vaqtida “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan “Milan”ning sobiq hujumchisi Jorj Veaning o‘g‘lidir. Yangi mavsumda Timoti A Seriyada 4 ta o‘yin o‘tkazdi.