Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

"Bavariya"ga qarshi o‘yin "MYU"ning to‘rtta katta muammosini ko‘rsatib berdi. Ular qaysilar?

"Bavariya"ga qarshi o‘yin "MYU"ning to‘rtta katta muammosini ko‘rsatib berdi. Ular qaysilar?

Baho:
+ | -

"MYU" APLda bo‘lgani kabi, YECHLda ham omadsiz start oldi. Garchand "Bavariya"ga bir to‘p farqi bilan mag‘lubiyatga uchralgan bo‘lsada, bu narsa tomonlar darajasini ko‘rsatib bermaydi. Ya’ni, o‘yin so‘nggidagi Kazemironing 2 ta goligina "MYU" uchun hisobni nisbatan normal holga keltirdi. Bu narsa Erik ten Xagdagi bosimni kamaytirmaydi. Quyida ushbu o‘yindan "MYU" uchun olingan xulosalar haqida so‘z boradi.

Andre Onana o‘z ustida ishlashi kerak

Onanani mag‘lubiyatdagi asosiy aybdor deyish mumkin. Darvozabonning o‘zi ham buni tan olib, "MYU"dagi starti omadli bo‘lmaganini ta’kidladi. Ha, bu yaxshi. Ammo faktni inkor qilib bo‘lmaydi. "Manchester Yunayted" yangi mavsumdagi 6 ta o‘yinda 14 ta gol qabul qilib oldi. Bu narsa bizga De Xeaning "qizil iblislar" safiga kelgan ilk damlarini yodga soladi. Ispaniyalik posbon ham, avvaliga juda yomon start namoyish etgandi. Keyinchalik esa, u sayyoramizdagi eng yaxshi kiperlardan biriga aylangan. Hammasi rahbariyatning sabriga bog‘liq. Onanaga ham De Xea kabi vaqt kerak(dir).

Yarim himoya doimgidek muammoli

"MYU"ning mavsum avvalidan eng katta muammosi yarim himoyada ekani ma’lum bo‘lgandi. Meyson Mauntning kelishi vaziyatni yaxshilaganicha yo‘q. Kazemiro ham formada emas. Uning "Bavariya" maydonida urgan ikkita goli statistika uchun xizmat qiladi xolos. Negaki, uning asl sport formasini, atletizmga boy bo‘lgan APLda ko‘rdik. Xullas, Kazemiro o‘zida emas. Qolaversa, Eriksenda qarilik alomatlari kuzatildi. Tezkor o‘yinlarda uning foydasidan ko‘ra ziyoni ko‘proq tegmoqda. Uni pleymeyker zonasiga qo‘yish kerak. U yerda esa Brunu Fernandesh bor. Ha, hali Sofyan Amrabat bor dersiz. Ammo uning ham 100 foizlik jamoaga qo‘shilib ketishiga, hech kim kafolat bermaydi.

Fakundo Pelistri "MYU" asosiy tarkibi darajasida emas

Pelistri "Bavariya"ga qarshi yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Ammo bu narsa raqib himoyachisi Alfonso Devisning xatolari sabab yuz berdi. Imkoniyatdan foydalana olmaslik esa yosh futbolchiga bosim yukladi. Ten Xag Urugvay terma jamoasi a’zosidan endi asosiy tarkibda foydalanmasligi aniq. Xullas, hozir murabbiy oldida o‘ng qanot hujumida haqiqiy bo‘shliq bor. Uni Fernandesh va Marsyal bilan to‘ldirish imkonsiz. Garnacho esa o‘ng uchun moslashgan. Antoni va Sanchoning qachon qaytishi noma’lum bo‘lib turibdi.

Rafael Varanning yo‘qligi jamoaga pand berdi

O‘yindan keyin Erik ten Xag jamoa himoyachilariga qarata "oynadagi aksga razm solish kerakligi"ni uqtirdi. Negaki, mudofaadagi qo‘pol xatolar kutilmagan gollarni keltirib chiqardi. Viktor Lindelyof va Lisandro Martineslar "Bavariya"ga qarshi, daraja namoyish etib bera olmadi. Oqibatda, raqib hujumchilarga osongina yorib o‘tib ketish uchun imkoniyat tug‘ildi. Martines bilan tandemda harakat qiluvchi Varanning maydonga qayta olmagani, bu yerda "MYU"ga pand berdi deyish mumkin. Fransiyalik himoyachi hafta so‘ngidagi "Byornli" bilan o‘yingacha safda bo‘lishi aytilmoqda.

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 17:40, 22.09.2023.
O'qildi: 2351 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.