Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Sergey Arslonov: «O‘yinlar orasidagi tanaffus bizga salbiy ta’sir qildi»

Sergey Arslonov: «O‘yinlar orasidagi tanaffus bizga salbiy ta’sir qildi»

Baho:
+ | -

Superliga 19-turida o‘z maydonida «Qizilqum»ga mag‘lub bo‘lgan «Surxon» klubi bosh murabbiyi Sergey Arslonov mag‘lubiyat sabablari haqida gapirdi.

«O‘yinlar orasida qisqacha tanaffus yuzaga kelgani uchun biroz muammolar yuzaga keldi deyish mumkin.

Himoyada ko‘plab xatolar qildik. O‘rta blokda ayniqsa o‘yinimiz qovushmadi. «Qizilqum»ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugungi o‘yin uchun shogirdlarimga e’tirozim yo‘q. Xatoni biz, murabbiylar shtabi qildik, deya olaman. Xatolarni ko‘rib chiqib tahlil qilamiz.

Futbolchilar o‘yinlar davomida xatolar qilishi normal xol. Ularda ham bosim bor. Turnir jadvalida borayotgan o‘rnimizdan yanada yuqoriroq ko‘tarilishni maqsad qilganmiz. Buning uchun ochko yo‘qotmaslik kerakligini, har bir ochko zarurligini barchamiz bilamiz.

Bu faktor albatta futbolchilarga ta’sir qiladi. O‘yinlar orasidagi tanaffus bizga biroz salbiy ta’sir qildi. Murabbiylar bilan buni o‘rganib, tahlil qilib chiqamiz», - dedi Arslonov.

Kiritildi: 22:44, 22.09.2023.
O'qildi: 986 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик