“Manchester Siti” safida Erling Xoland yana gol urdi.
Norvegiyalik hujumchi APLning 6-turidan o‘rin olgan o‘yinda (2:0) "Nottingem Forest" darvozasini ishg‘ol qildi.
Bu Xolandning Premyer-liganing joriy mavsumidagi 6-goli bo‘lib, u liga to‘purarlari ro‘yxatini boshqarib turibdi. Uning eng yaqin ta’qibchilari - Evan Fergyuson, Odson Eduard va Brayan Mbeumo 4tadan gol urishgan.