Londonning “Arsenal” va “Tottenxem” klublari jangovar derbi o‘tkazib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. "Tottenxem" sardori Son Xyon Min o‘yin natijasi haqida fikr bildirdi, u jamoadoshlarini o‘yin oxirigacha kurashgani uchun maqtadi.
"Bu haqiqiy derbi, qiyin o‘yin bo‘ldi. Biz o‘yinning oxirigacha, final hushtagi yangraguncha kurashdik. Biz bu o‘yinda borimizni berdik, muxlislar oldida uyaladigan hech narsamiz yo‘q. "Men g‘alaba qozonishni xohlardim, lekin muhimi, o‘yin yaxshi bo‘ldi", - deya koreyalik hujumchi so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
Keyingi turda “Tottenxem” “Liverpul”ga qarshi bahs olib boradi.