Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Angliyaning muxlisbop jamoasi

Angliyaning muxlisbop jamoasi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi - bo‘g‘uvchi mutaxassis.

Shu sababli, Gvardio­la anchadan beri qudratli, lekin har ikki tomon uchun ba’zan qiziqarli bo‘lmagan o‘yinlarni namoyish etadi. Bir xil qolipdagi g‘alabalar esa muxlislarni qoniqtirmaydi. Xavi bilan Tuxel o‘z jamoalari uchun yangi uslub yaratish bilan bandlar, ammo yuksak saviyadan ancha yiroqlar. APL muxlislari Postekogluning «Tottenxem»idan mamnunlar, lekin vaqti kelib, jamoa «Nyukasl» kabi o‘z o‘yinini yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Spallettidan keyin «Napoli» ajoyib vertikal futbolni ko‘rsata olmayapti. Artetaning «Arsenali» va Alonsoning «Bayeri» estetik zavq beradi, biroq hozircha saviya talab darajasida emas. Hatto grandlar bilan taqqoslaganda, «Brayton» yaqqol ajralib turadi. De Zerbi rahbarligida «chayka»lar YECHLda pley-off bosqichiga chiqqan «Nyukasl»ni mahv etish bilan yana o‘z muxlislarini lol qoldirdilar.

«Brayton» malakali murabbiylarni topa oladi

Grem Potter 3,5 yilda «Brayton»ni kombinasion va dadil o‘yin ko‘rsatadigan ajoyib jamoaga aylantirdi. Keyin ijobiy o‘zgarishlarni jadallashtirish ustasi bo‘lgan De Zerbi «chag‘alaylar»ga o‘z g‘oyalarini singdirib, jamoadagi uyushqoqlikni oshirdi. Natijada o‘rtamiyona «Brayton» har qanday jamoa uchun xavfli raqibga aylandi. Misol uchun, «MYU» safar uchrashuvlarida yetakchi o‘nlikdagi raqiblaridan yengilgan bo‘lsa, «chag‘alaylar» «Arsenal», «Chelsi» va aynan «MYU»ni yengdi. Safarda!

«Chag‘alaylar»ning transferlari 

ta’sirchan

«Brayton» nomdor raqobatchilari e’tibor bermagan Makallisterni topdi va ishonch bildirdi. Kukurelya, Uayt, Bissuma, Trossard, Sanches va Kaysedo - jamoaning manfaatli xaridlari. «Brayton»ning o‘ziga xos tizimi beysboldagi statistik ma’lumotlar tahliliga asoslangan. Shu sababli, omadli kelishuvlar ancha ko‘p. Ijaraga olingan Ansu Fati De Zerbining ishonchini qozonsa, navbatdagi xaridga aylanadi. Qanot himoyachisi Estupinyanga 17,8 mln. yevro sarflagan holda, endi 4 baravar qimmatroqqa pullashmoqda. 3 mln.ga kelgan Mitomaning bahosi 10 baravarga oshdi. Shu tufayli tarkibning qiymati shiddat bilan o‘smoqda va serdaromad sohaga aylanmoqda.

Futbolchilar sotuvidan katta  foyda olmoqda

Klub tarbiyalanuvchisi Evan Fergyuson «Nyukasl»ga qarshi bahsda xet-trikka erishdi, soat sayin o‘sayotgan 18 yoshli hujumchining bahosi tez orada 50 mln.dan oshib ketadi. Jamoa Kaysedoni «Chelsi»ga 133 mln.ga sotdi, oldinda Kukurelyaning «Chelsi»ga, Uaytning «Arsenal»ga, Makallisterning «Liverpul»ga o‘tishidan tushadigan daromadlar kutib turibdi. «Tottenxem», «Nyukasl», «Everton» va «Napoli» esa xarid uchun navbat kutishmoqda. O‘rtamiyona jamoadan o‘tgan yosh iqtidorlar Potter va De Zerbilarsiz qanday o‘yin ko‘rsatishlari 1-2 yildan keyin ma’lum bo‘ladi. Lekin «Brayton»ga sezilarli manfaat keltirishgani aniq. Transferlardan olingan sof foyda bo‘yicha «Brayton» yetakchi o‘ringa chiqib oldi.

Yuksak saviyadagi klub tizimi

Ko‘pincha, odatiy aldoqchilar yo‘q joydan oltin tog‘ va’da qiladilar. Lekin ba’zan ular orasida nima qilayotganini yaxshi biladigan prognozchilar ham uchrab turadi. Toni Blum - «Brayton» sohibi.  U professional pokerchi, qimor tufayli millionlarga ega bo‘lgan. 2009 yilda «Brayton»ni xarid qilib, uzoq yo‘lni bosib o‘tgan. Ulkan sarmoya bilan, lekin malakali menejerlarsiz «Chelsi»ga kelgan Boelidan farqli ravishda, Blumning «chag‘alaylari» ajoyib klub tizimiga ega. Garchi jamoa APLda barcha raqiblarini yenga olmasada, doimo tomoshabop o‘yinlari bilan ajralib turadi. Himoya chizig‘ini o‘ta ishonchli, deyish qiyin, o‘tgan mavsumda jamoa juda ko‘p gol o‘tkazib yubordi. Lekin to‘p egallab olgach, ajoyib kombinasiyalarni namoyish etadi.

«Brayton» rivojlanishda davom etmoqda

«Chag‘alaylar»ning YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishlariga kafolat yo‘q. Hech narsadan tap tortmagan holda olg‘a intilish chempionlikdan keyin yetakchi kvartetdan joy olishga uringan «Lester»ning omadsizligiga olib kelishi mumkin. Jamoa yakunda APLni tark etgan «tulkilar» xatolarini takrorlamasligi, imkoniyatlardan unumli foydalangan va yo‘qotishlarni hisobga olgan holda  bosqichma-bosqich rivojlanish kerak. Chunki iqtidorli o‘yinchilarni grandlar ilib ketishmoqda. Hamonki, De Zerbi shu yerda ekan, jamoa undan samarali foydalanmog‘i lozim. Tark etgan yulduzlar o‘rnini mahalliy iqtidorlar to‘ldirayotgani juda yoqimli. Ayni pallada «Brayton»dek ajoyib jamoa juda kam. Yuqori saviyali grandlar ko‘p, ammo jo‘shqin, muxlisni zeriktirmaydigan o‘yinni namoyish etadigani yo‘q.

Himoyadan chiqishda, chiziqlar oralig‘i va qanotlarda «Brayton» xuddi YECHLning pley-off bosqichidagi jamoa kabi to‘p suradi. O‘yinchilari qariya Milner va 32 yoshida Bundestimdan chorlov olgan Gross qabi qat’iyatli yigitlar. Agar «MYU» va «Chelsi»ning oxirgi yillardagi o‘yinlarini «chag‘alaylar» bilan qiyoslaydigan bo‘lsak, De Zerbi shogirdlarining yaqqol ustun ekanligi oydinlashadi. Kamtarin jamoa tomonidan ko‘tarinki ruh bilan namoyish etilayotgan serzavq o‘yin hech kimni befarq qoldirmaydi.

***
44 yoshli italiyalik Roberto De Dzerbi «Brayton»dagi 1 yilga yaqin faoliyatida ko‘plab kuchli jamoalarni mag‘lub etishni yoki ulardan ochko olishni uddaladi...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:59, 25.09.2023.
O'qildi: 1907 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.