“Inter” hujumchisi Marko Arnautovich yaqin orada jamoasiga yordam bera olmaydi.
Milan klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi A Seriyaning 5-turidan o‘rin olgan "Empoli"ga qarshi o‘yinda (1:0) jarohat olgan.
Dushanba kuni Arnautovich tibbiy ko‘rikdan o‘tdi, natijada hujumchining chap sonining mushaklari yorilishi aniqlangan. Qayd etilishicha, tiklanish bir necha hafta davom etadi.
Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlarni hisobga olgan holda yettita uchrashuvda qatnashdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.