Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/07 20:00 Navbahor 2-3 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-1 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Neymar o‘z yurtiga qaytishga qaror qildi

Neymar o‘z yurtiga qaytishga qaror qildi

Baho:
+ | -

O‘tgan yozda Neymar klubi ro‘yxatini o‘zgartirgan edi. "PSJ"dagi olti mavsumdan so‘ng braziliyalik futbolchi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tdi va u yerda "Al-Hilol" bilan shartnoma imzoladi.

Jurnalist Ademir Kintinoning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, Neymar Saudiya klubida ko‘p yil o‘tkazishni rejalashtirmayapti. Forvardning rejasi 2025 yilda - Jahon chempionatidan bir yil oldin "Santos"ga qaytish.

Qayd etilishicha, Neymar allaqachon "Santos" bilan ehtimoliy qaytish haqida gaplashgan. Futbolchining yaqin do‘stlari u haqiqatan ham ushbu klub safida o‘zini yana bir bor sinab ko‘rmoqchi ekanligini aytishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Neymar 2013 yilning yozida "Santos"dan "Barselona"ga o‘tgan edi.

Kiritildi: 21:30, 25.09.2023.
O'qildi: 5640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик