Turinning "Yuventus" klubi vingeri Federiko Kyeza Italiya chempionatining joriy mavsumidagi jamoasining ambisiyalari haqida gapirdi.
"Agar siz "Yuventus"da o‘ynasangiz, bu sizga ma’lum majburiyatlarni yuklaydi. "Keksa sinyora" tarixi chempionlik unvonlaridan iborat. Bu mavsumda biz Chempionlar ligasiga qaytish uchun kuchli 4talikka kirishni istaymiz. Hozir biz bosh murabbiy bizga singdirayotgan zamonaviy futbolni ko‘rsatishga harakat qilyapmiz”, - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi insayder Alfredo Pedulla.
O‘tkazilgan 6 ta o‘yindan so‘ng “Yuventus” 13 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.