"Manchester Yunayted" jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
90min nashri xabariga ko‘ra, klub rahbariyati niderlandiyalik mutaxassisning ishidan juda mamnun va uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.
Ten Xagning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan va yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.