Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Server Jeparov: «Mamasidiqovning ajoyib zarbasi gol bilan yakunlanganda, o‘yin o‘zgarib ketardi»

Server Jeparov: «Mamasidiqovning ajoyib zarbasi gol bilan yakunlanganda, o‘yin o‘zgarib ketardi»

Baho:
+ | -

Superligasining 20-turidan o‘rin olgan «Olimpik» — «Nasaf» (1:3) uchrashuvidan so‘ng jamoamiz murabbiyi Server Jeparov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz...
— Bugungi o‘yinda omadimiz kelmadi. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida futbolchilarimizdagi hayajon o‘yinga ta’sir o‘tkazdi, deb o‘ylayman. Raqibning tezkor goli vaziyatni o‘zgartirib yubordi. Xato hayajondan kelib chiqdi deb o‘ylayman. Ikkinchi golni ham shu tarzda o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda futbolchilarimizning hayajoni ancha joyiga tushdi va yaxshi o‘yin ko‘rsata boshladik. G‘alaba uchun harakat qildik. Buning natijasida raqib ham taktikasini o‘zgartirdi. Hisob 2:1 ko‘rinishiga kelgach, mehmonlar murabbiylari ham biroz hayajonlangandek tuyuldi. Mamasidiqovning ajoyib zarbasi gol bilan yakunlanganda, o‘yin o‘zgarib ketardi. «Nasaf»ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ularga OCHLda omad tilab qolaman. Shuningdek, Timur Kapadze va Olimpiya terma jamoamizning Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokiga zafar tilayman.

— O‘tgan yili «Olimpik» barchaga boshog‘riq bo‘lgandi. Bu yilgi jamoaning o‘yinidagi o‘zgarishga tarkibdagi muammolar xalaqit qilmoqdami yoki boshqa jamoalar sizlarga qarshi o‘ynashni o‘rganib olishdimi?
— Bu futbol, barcha murabbiy raqibdan kelib chiqib, taktika va tarkib tanlaydi. O‘tgan yili ham bizni kuzatishgan. Shuningdek, o‘tgan mavsumga nisbatdan tarkibda o‘zgarishlar yetarlicha. Yangi futbolchilar taktikamizga tushib olishiga vaqt kerak bo‘lmoqda. Shuningdek, jamoaning asosiy tarkibiga katta bosim tushmoqda. Ular juda ko‘p o‘yin o‘tkazishmoqda. Bizda bir xildagi ikkita tarkib yo‘q. Shuning uchun bu jihat natijaga ta’sir ko‘rsatyapti. Jarohatlar va o‘yinda olingan chetlatishlar ham natijaga ta’sir qilmoqda. Umuman olganda, juda yaxshi harakat qilyapmiz.

— O‘yin avvalida tarkib tanlashda muammolar bo‘lmadimi? Sababi, tarkibning o‘zagi Xitoyda...
— Tarkibda Xitoyga yo‘l olmaganlar qoldi. Jamoamizdan to‘qqiz nafar futbolchi Osiyo o‘yinlariga jo‘nab ketdi. Ular asosiy futbolchilarimiz edi. Bugun maydonga tushgan yigitlarning asosi Yoshlar ligasi ishtirokchilari edi. Ularda o‘yin amaliyoti yetarli emasdi. Tarkibda muammolar yo‘q, mavjud futbolchilar bilan o‘ynay olamiz. Ikki hafta davomida ushbu bahsga yaxshilab tayyorgarlik ko‘rishga harakat qildik. Bugungi o‘yinda futbolchilarimiz jismonan o‘yinga bardosh bera olishdi, deb o‘ylayman. Umuman olganda, bugun yaxshi o‘yin namoyish etdik. Ha, texnik xatolar bor, o‘yinchilarning darajasida farq bilinadi. Biroq ular hali yosh va biz ularning yanada o‘sishlariga ishonamiz.

— Mamasidiqovga yanada rivojlanish uchun nima yetishmayapti?
— Menimcha, uning holati barqaror, deb o‘ylayman. Uning termaga chaqirilmaganiga sabab sifatida undan yaxshi o‘yinchilar borligi, deb hisoblayman. Agar u o‘z ishlashda davom etsa, Kapadze unga imkon beradi va terma jamoaga jalb etadi.

Manba: fcolympic.uz
Kiritildi: 21:36, 28.09.2023.
O'qildi: 3190 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.