Joze Mourinyo chempionatni hech qachon bunchalik yomon boshlamagan.
Portugaliyalik boshchiligidagi “Roma” A seriyaning 6-turida “Jenoa”dan mag‘lub bo‘ldi (1:4). Jamoa hisobida hozirda 5 ochko bor.
Mourinyo uchun bu bosh murabbiylik davridagi antirekord, deya xabar beradi Football Italia. Bungacha eng yomon natija 2015/16 yilgi mavsumda APLda 6 tur davomida 7 ochko olgan edi - o‘shanda Joze "Chelsi"ni boshqargan.
“Roma” turnir jadvalida peshqadam “Inter” va “Milan”dan 10 ochkoga ortda qolib, 16-o‘rinda bormoqda.