Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Aleksandr Krestinin: "Yagona epizodni mehmonlar golga aylantirishdi"

Aleksandr Krestinin: "Yagona epizodni mehmonlar golga aylantirishdi"

Baho:
+ | -

Superliga 20-turida o‘z maydonida “Surxon”ga mag‘lub bo‘lgan “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin mag‘lubiyat sabablari haqida fikr bildirdi.

“Bugun yagona epizodni mehmonlar golga aylantirishdi. Biz o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Ular esa o‘z imkoniyatini golga aylantira olishdi. O‘yinda ustunlik qilgandik. Vaziyatlar bizda ko‘proq bo‘ldi. Ammo, bu futbol va bunaqasi bo‘lib turadi”, - dedi Krestinin.

“Bugun bizga biroz omad yetishmadi. “Nasaf”ga qarshi o‘yindan keyin tiklanishga ulgurgandik. Bugun jismonan charchadik demagan bo‘lardim. Jismoniy holatimizdan ko‘nglim to‘q. Marchichning o‘rni bilingan bo‘lishi mumkin. Nafaqat uning, balki bugun maydonga tushmagan boshqa futbolchilarning ham o‘rni bilindi. Bizga hozir stabillik yetishmayapti. Yigitlarning harakatlariga hech qanday e’tiroz yo‘q”.

“Ismonaliyev – hujumchi. Himoyachi sifatida majburlikdan o‘ynagan. Uning o‘zi menga hujumchiman degan”.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 02:31, 30.09.2023.
O'qildi: 1082 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик