Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Boks. Saul Alvares to‘liq 12 raund davom etgan jangda Jermell Charlo ustidan g‘alaba qozondi

Boks. Saul Alvares to‘liq 12 raund davom etgan jangda Jermell Charlo ustidan g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

AQSHning Las-Vegas shahrida 1-oktyabr, yakshanba tongida professional boks musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Uning markaziy jangi meksikalik Saul “Kanelo” Alvares (60-2-2) hamda amerikalik Jermell Charlo (35-2-1) o‘rtasida kechdi.

Jang to‘liq 12 raund davom etdi va unda Saul Alvares hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi (119-108, 118-109, 118-109). Bundan tashqari, Saul jangning 7-raundida Charloni nokdaun holatiga ham tushirdi.

Shu tariqa, jangda g‘alaba qozongan Saul Alvares ikkinchi o‘rta vazndagi IBF, WBA, WBC va WBO kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Musobaqaning boshqa janglari natijalari:

Yordenis Ugas (27-6) Mario Barriosga (28-2) imkoniyatni boy berdi;

Xesus Ramos (20-1) Erikson Lyubinga (26-2) hakamlar qaroriga ko‘ra yutqazdi;

Elayja Garsiya (16-0) Armando Resendizni (14-2) 8-raundda nokautga uchratdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:36, 01.10.2023.
O'qildi: 2807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик