Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Brayton»dan Teylor Svift muxlislariga murojaat

«Brayton»dan Teylor Svift muxlislariga murojaat

Baho:
+ | -

«Brayton» o‘z yetakchilaridan biri, yaponiyalik yarim himoyachi Kaoru Mitomaning APLda avgust oyi laureati bo‘lishini ta’minlash uchun kutilmagan yurishni o‘ylab topdi.

Ya’ni klub mashhur xonanda Teylor Svift shinavandalariga alohida murojaat yo‘lladi. Ha, yakunda Mitoma emas, balki «Tottenxem» vakili Jeyms Meddison oy lau­reati sifatida e’tirof etildi, lekin «Brayton» harakati e’tiborga molik, baribir.

Ayyorona yurish 

«Brayton»ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga qo‘yilgan murojaatda Teylor Svift alohida tilga olindi: «Mitoma - Teylor Sviftning katta muxlisi. Buni bilarmidinglar? Shu yigit APLda oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun kurashmoqda. Shuningdek, uning goli avgustda eng chiroylisi sifatida tan olinishi mumkin. Bunga befarq qaramasangiz, ovoz bering!»

Qiziqarli kurash

Kaoru Mitoma avgust taqvimidan o‘rin olgan APL doi­rasidagi 4ta o‘yinda 1ta gol urdi va 3ta assist muallifiga aylandi. Umuman, «Oyning eng yaxshi futbolchisi» nominasiyasida Mitomaga Meddisondan tashqari, Rodri («Manchester Siti»), Brayan Mbemo («Brentford»), Jarrod Bouen («Vest Xem») va Tayvo Avoniyi («Nottingem») ham raqobat ko‘rsatishdi.

Jiddiy raqiblardan ustunlik

«Oyning eng chiroyli goli» nominasiyasiga kelsak, so‘rovga yaponiyalik legioner qatori Bukayo Saka («Arsenal»), Aleksander Isak («Nyukasl»), Jarrod Bouen («Vest Xem»), Gustavo Xamer («Sheffild Yunayted»), Rahim Sterling («Chelsi»), Kevin Shade («Brent­ford») va Luis Dias («Liverpul») nomzodi qo‘yilgandi. Yakunda aynan qit’adoshimiz goliga ko‘proq ovoz berildi. 

Aralashuv

Qiziq, «Brayton»ning murojaati mohiyati nima? Gap shundaki, taniqli xonandaning muxlislari oldinroq Golden Boy (dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi) so‘roviga jiddiy ta’sir ko‘rsatishgandi. Ya’ni nomzodlardan biri, «Barselona» vakili Aleks Balde amerikalik xonanda qo‘shiqlarini uncha yoqtirmasligini aytgach, uning shinavandalari qattiq ranjishdi. Ular bunga javoban hattoki, Golden Boy sovrini uchun kurashda Baldening asosiy raqibi sanalgan Jud Bellingem («Real»)ga faol tarz­da ovoz bera boshladilar. Shu tariqa angliyalik futbolchining so‘rovda g‘alaba qozonish imkoniyati 30 foizdan 88,8 foizga ko‘tarilib ketdi. Tabiiyki, «Brayton» Mitomani qo‘llab-quvvatlash aksiyasida ayni shu holatni o‘ylagan, albatta.

«Brayton» rahbariyati Kaoru Mitomaga Porsche avtomobilini sovg‘a qildi - APLda oy laureati bo‘lishi sharafiga. Biroq so‘rov boshqacha natija bilan yakunlandi. Ayrim manbalarda keltirilishicha, yaponiyalik futbolchi shundan so‘ng qimmatbaho sov­g‘ani qaytarib berdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:04, 01.10.2023.
O'qildi: 1388 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.