"Liverpul" bosslari jamoa himoyachisi Trent Aleksander-Arnold bilan muvaffaqiyatli muzokara olib borishdi. Football Insider jurnalistlarining xabar berishicha, tomonlar yangi shartnoma imzolashga kelishib olgan.
Jurnalistlarga ma’lum bo‘lishicha, Aleksandr-Arnold tez orada mersisaydliklar bilan uzoq muddatli mehnat shartnomasi imzolaydi, uning shartlariga ko‘ra u haftasiga 230 ming yevro maosh oladi.
Trentning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Uning transfer narxi 60 million yevroga baholanmoqda.
Premyer-liganing joriy mavsumida himoyachi beshta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi.