"Real Madrid" Angliyaning "Nyukasl" klubining ikki futbolchisiga ko‘z tikmoqda.
Daily Mirror nashri xabariga ko‘ra, gap yaqinda shartnomasini uzaytirgan hujumchi Aleksandr Isak va yarim himoyachi Bruno Gimaraes haqida ketmoqda.
Manbaning xabar berishicha, "qirollik klubi" o‘z skautlarini "Nyukasl"ning Chempionlar ligasidagi navbatdagi o‘yiniga jo‘natgan. "Real Madrid" xodimlari "PSJ"ga qarshi o‘yinda Isak va Gimaraeslarni tomosha qilishni istashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Isak avvalroq Ispaniya La Ligasida "Real Sosyedad" tarkibida o‘ynagan. Shvesiyalik futbolchi Angliya Premyer-ligasida 6 ta o‘yinda 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Gimaraes 7 ta o‘yinda gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.