Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Levandovski yozda Saudiyadan tushgan 4 ta taklifga rad javob bergani ma’lum bo‘ldi

Levandovski yozda Saudiyadan tushgan 4 ta taklifga rad javob bergani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski Saudiya Arabistonining bir qancha klublari transfer maqsadiga aylandi, deb xabar bermoqda Diario Sport.

Yozda polshalik hujumchiga 4 ta mahalliy jamoadan taklif bo‘lgan edi, ulardan biri "Abxa" edi, biroq u Kataloniya safida o‘zini qulay his qilgani uchun ularni rad etdi.

Rad etishiga qaramay, Robert saudiyaliklarning kelasi mavsumdagi yirik xaridlari ro‘yxatida qolmoqda.

"Barselona" o‘z navbatida jamoa yetakchilaridan birini saqlab qolmoqchi.

Robert kataloniyaliklar safiga 2022 yilning iyulida "Bavariya"dan 45 million yevro evaziga o‘tgan edi.

O‘tgan mavsumda u klub safida 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 31 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Bu mavsumda u 9 o‘yinda 6 gol va 4 golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 18:32, 02.10.2023.
O'qildi: 2401 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик