Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Lasio» futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

«Lasio» futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Baho:
+ | -

Rimning «Lasio» klubi o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida markaziy yarim himoyachi Luis Alberto bilan shartnomani uzaytirgani haqida xabar berdi.

Tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv endi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Alberto, eslatib o‘tamiz, 31 yoshda. U rimliklar safida yetti yildan ko‘proq vaqt - 2016 yilning avgustidan beri o‘ynamoqda.

Bungacha ispaniyalik futbolchi Ispaniyaning «Deportivo» (La Korunya) klubida to‘p tepgan.

Joriy mavsumda Alberto «burgutlar» tarkibida sakkizta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:16, 02.10.2023.
O'qildi: 904 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик