Boks bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov Osiyo o‘yinlarining finaliga yo‘l oldi.
Eng og‘ir vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jalolov yarim finalda xitoylik Bayikevuzi Danabiyekeni 1-raunddayoq nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratishga erishdi va 5 oktyabr kuni oltin medal uchun jang qiladigan bo‘ldi.
Unda finalda qozog‘istonlik Qamshibek Qo‘qnqabayev raqiblik qiladi.