Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Xanchjou-2022. 17 yoshli Sharifa Davronova O‘zbekistonga 16-oltin medalni taqdim etdi!

Xanchjou-2022. 17 yoshli Sharifa Davronova O‘zbekistonga 16-oltin medalni taqdim etdi!

Baho:
+ | -

Osiyo O‘yinlarida bugungi ikkinchi oltin medal o‘z hisobimizga qo‘shildi. Yengil atletikaning ayollar o‘rtasida uchhatlab sakrash bahslarida Sharifa Davronova eng yaxshi natijani qayd etdi.

17 yoshli hamyurtimizning 6 ta urinishidan ikkitasi muvaffaqiyatli bo‘ldi. U ilk urinishda 13,98 metrga sakragan bo‘lsa, ikkinchi urinishda 14,09 metrni zabt etib, shaxsiy rekordini yangiladi.

Shaxsiy rekordi Davronovanikiga nisbatan yaxshiroq bo‘lgan boshqa mahoratli sportchilar esa Sharifadan yaxshiroq natija qayd eta olishmadi. Ikkinchi pog‘onani xitoylik Rui Jeng (13,92) egallagan bo‘lsa, bronza medali yaponiyalik Mariko Morimotoga nasib etdi (13,78).

Shu tariqa, delegasiyamiz hisobidagi medallar soni 53 taga yetdi — 16 oltin, 15 kumush va 22 bronza. Hamon 5-pog‘onadamiz. Hindiston hisobida ham 16 ta oltin bor, ammo ularning kumushlari soni — 29 ta.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:25, 04.10.2023.
O'qildi: 4252 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик