"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike jamoasining kamchiliklarini tushuntirib berdi.
Parijliklar YECHL 2-turidan o‘rin olgan o‘yinda mehmonda (1:4) “Nyukasl”dan yirik hisobda mag‘lub bo‘lishdi.
“Futbolchilarimning munosabatida muammolar yo‘q. Agar shunday fikrda bo‘lsangiz, bugun boshqa o‘yinni tomosha qilgan bo‘lishingiz mumkin. Jamoa to‘g‘ri munosabat ko‘rsatdi, ammo o‘yinning o‘zida ko‘p narsani yaxshilashimiz kerak", - dedi Enrike matbuot anjumanida.