Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Yorqin Nazarov: «U19 jamoasidagi futbolchilarni asosiy jamoada sinab ko‘rmoqchimiz»

Yorqin Nazarov: «U19 jamoasidagi futbolchilarni asosiy jamoada sinab ko‘rmoqchimiz»

Baho:
+ | -

Superliga 21-turidan o‘rin olgan «Turon» – «Metallurg» (1:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“G‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga soldik. Birinchi bo‘lim to‘liq bizning reja asosida kechdi. Ikkinchi taymda esa e’tiborsizlik natijasida to‘p o‘tkazib yubordik. Afsuski, g‘alabani qo‘ldan chiqardik. So‘nggi bahslarda mag‘lubiyatlar seriyasi ichida qolgan edik. Bugun durang o‘ynadik. Futbolchilarga va og‘ir vaziyatga qaramay, bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga o‘z minnatdorchiligmni bildiraman.

Birinchi davradan so‘ng 9 futbolchi jamoamizni tark etdi va tarkibni yoshartirdik. Jumanqo‘ziyev «Navbahor» bilan uchrashuvda jarohat olgan edi va o‘sha jarohatini davolatmoqda. Norbekov oyog‘ini qayirib olgan. Kamolov va Xursandovda ham jarohat mavjud. Shu sababli boshqa yosh futbolchilarga tayanishga majburmiz. Bugun ular yomon o‘ynashmadi. OKMK, «Andijon» va «So‘g‘diyona»ni mag‘lub etgan «Metallurg»ga munosib qarshilik ko‘rsatishdi.

Kim bilan o‘ynashimiznining farqi yo‘q. «Paxtakor» yoki «Navbahor»ga qarshi bahsda ham g‘alaba uchun intilamiz. Oldinda hali 6 tur mavjud. Kuchimiz teng jamoalardan ochko olsak, balki ligada qolishimiz ham mumkin. Bugun g‘alaba qozonganimizda, «Qizilqum»ga yaqinlashardik va intriga kuchayar edi. Jamoaga kelganimda, 5 ochko va g‘alabasiz seriya mavjud edi. Shunday bo‘lsa ham, ishlashda davom etamiz.

Kelgusi mavsumda ham jamoada olib qolish mumkin bo‘lgan futbolchilar mavjud. Oldindagi olti uchrashuvda ular yanada ko‘zga tashlanib qolsa ajab emas. Kelajagi bor futbolchilarni jamoada saqlab qolishga intilamiz. Kecha U19 jamoamizning «Nasaf»ga qarshi bellashuvida yaxshi o‘yin ko‘rsatgan futbolchilar bo‘ldi. Hozir ularni bezovta qilmaymiz. Ammo yig‘inlarda albatta U19 jamoasidan 6-7 futbolchini jalb qilishni rejalashtirganmiz”, – dedi Nazarov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:40, 06.10.2023.
O'qildi: 1069 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик