Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Xoland: «Manchester Siti» bilan aynan gol urish uchun shartnoma imzolaganman»

Xoland: «Manchester Siti» bilan aynan gol urish uchun shartnoma imzolaganman»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolandning fikricha, muxlislar uning muntazam ravishda gol urishiga o‘rganib qolishgan va u gol urmaganida hayron qolishadi.

«Hamma mening gollarimga o‘rganib qolganmi? Bu to‘g‘ri va bu ijobiy narsa: odamlar men gol urmaganimda ko‘proq hayratda qolishadi.

Men gol urmasam, Norvegiya OAV «Gol yo‘q!» kabi sarlavhalar bilan xabarlar chop etishadi. Bu haqiqat.

Lekin men hech narsadan nolimayman, chunki men «Manchester Siti» bilan aynan gol urish uchun shartnoma imzolaganman. Bu kutilgan edi. Men hamon raqib darvozasiga muntazam zarba beradigan odamman», — deya Xolandning so‘zlarini keltiradi The Telegraph.

Joriy mavsumda Xoland «Siti» safida barcha turnirlarda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:43, 06.10.2023.
O'qildi: 1226 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик