Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Sardor Azimov: "Muxlislar yordamida "Paxtakor"ga qarshi o‘yinda yaxshi natijaga erishamiz"

Sardor Azimov: "Muxlislar yordamida "Paxtakor"ga qarshi o‘yinda yaxshi natijaga erishamiz"

Baho:
+ | -

Ma’lumki, 8 oktbyar kuni “Andijon” o‘z uyida “Paxtakor”ni qabul qiladi. Bo‘lajak muhim bellashuv barchada katta qiziqish uyg‘otmoqda.

“Burgutlar”ning “Sherlar”ga qarshi o‘yinini ashaddiy muxlislar ham intiqlik bilan kutmoqdalar.

“Andijon”ning iqtidorli yarim himoyachilaridan biri, golli uzatmalarni oshirish bo‘yicha ancha malakali hisoblangan Sardor Azimov “Paxtakor”ga qarshi bahs oldidan “Andijon” matbuot xizmatiga qisqacha intervyu berdi.

- "Andijon"ni "Paxtakor"ga qarshi muhim o‘yin kutmoqda. Uchrashuv oldidan nimalarni his qilyapsiz?

- Kuchli ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Nasib qilsa, “Paxtakor” bilan o‘yinda yaxshi natijaga erishamiz, albatta muxlislar yordamida.

- Birinchi davrada bu jamoalar o‘rtasida durang qayd etilgan uchrashuvda maydonga tusha olmagandingiz. Ayni paytda o‘zingizni qanchalik tayyorlayapsiz va nimaning evaziga motivasiyangiz oshyapti?

- Sir emaski, “Paxtakor” chempion jamoa. Albatta, har bir klub “Paxtakor”ga qarshi juda kuchli ishtiyoq bilan tayyorlanadi. Chunki O‘zbekiston terma jamoasi o‘zagi “Paxtakor” futbolchilaridan iborat. Motivasiyani muxlislardan olamiz. Jamoamizni o‘zimizning stadionda “bomba” tarzda qo‘llab-quvvatlashini his qilamiz.

- "Paxtakor"ning OCHL doirasida safarda "Al Fayha" jamoasiga qarshi o‘yinini ko‘rdingizmi? Qanday taassurot qoldirdi?

- Ha, ko‘rdim. “Paxtakor” mag‘lubiyatga loyiq o‘yin namoyish etmadi. Shunchaki, omad yetishmadi. Agar vaziyatlardan birortasini golga aylantirganlarida menimcha, “Paxtakor” yutqazmasdi.

- Muxlislar sizdan Xebayga yana golli uzatmalaringizni kutishyapti...

- Albatta, o‘zim ham juda xohlayapman. Nasib bo‘lsa, Xebay bu yil to‘purar bo‘ladi. Hozirda uning bu boradagi imkoniyati yuqori.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 18:05, 06.10.2023.
O'qildi: 1250 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик