Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Aleksandr Krestinin: "Tarkib borasida muammolar bor edi"

Aleksandr Krestinin: "Tarkib borasida muammolar bor edi"

Baho:
+ | -

Superliga 21-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Qizilqum” (2:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Uchrashuv oson o‘tmadi. O‘yin oldidan tarkib masalasida muammolar bor edi. Futbolchilarga xarakter uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. To‘g‘ri, xatolar uchrab turibdi. Bu borada ish olib boryapmiz.

Umid Sultonov o‘yinga yaxshi kirishib ketdi. U mashg‘ulotlarda yaxshi shug‘ullanmoqda.

Marchich mashg‘ulotlarga hali kirishmadi. Umid qilamanki, 21 oktyabrga qadar safga qaytadi.

Sultonovda jarohat yo‘q. Murabbiylar shtabining qaroriga ko‘ra so‘nggi ikki bellashuvda Karimov darvozada turdi. Kelgusi bahsda kim turishini hali bilmayman. Bu raqobatga bog‘liq. Suhrob mashg‘ulotlarda yaxshi harakat qilmoqda. U ham, Sarvar ham xato qiladi. Faqatgina mening rafiqam xato qilmasligi mumkin, chunki u futbol o‘ynamaydi. Barchada imkoniyat bir xil”, – dedi Krestinin.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 05:34, 07.10.2023.
O'qildi: 794 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик